O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning


Download 5.72 Mb.
bet168/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Material, tovar, ish va xizmat uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari» (020-satr) moddasida mol yetkazib beruvchilarga materiallar, tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘langan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi , bundan uzoq muddatli aktivlarni xarid qilish uchun to‘lovlar mustasno.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Xodimlarga va ular nomidan to‘langan pul mablag‘lari» (030-satr) moddasida xodimlarga mehnatga haq to‘lash ko‘rinishida to‘langan pul mablag‘lari summasi, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘langan mablag‘lar summalari, budjetga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash, kasaba uyushmasiga ajratmalar, alimentlar, uy-joy fondiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari bo‘yicha to‘lash, xodimlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun korxonaning haq to‘lashi, kassadan va bank hisoblaridan xodimlar bilan va ular nomidan operatsiyalarga doir boshqa sarflashlar aks ettiriladi .
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari» (040-satr) moddasida «Chiqim» ustunida royalti, turli xil taqdirlashlar, komission yig‘imlar va boshqa operatsion faoliyatdan to‘langan pul mablag‘lari summasi, «kirim» ustunida esa ulardan olingan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi .
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Jami: operatsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» (050-satr)moddasi bo‘yicha, «Kirim» ustuni bo‘yicha «+» belgisining va «Chiqim» ustuni bo‘yicha «-» belgisining ta’sirini hisobga olib, 010, 020, 030, 040-satrlarni qo‘shish natijasi aks ettiriladi .
Bunda «Kirim» ustuni summasi «Chiqim» ustuni summasidan oshgan holda, oshgan saldo «Kirim» ustuni bo‘yicha, teskari holda esa — «Chiqim» ustuni bo‘yicha aks ettiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt operatsiya faoliyatidan vujudga kelgan pul mablaglar harakatini quyidagilardan foydalanib, ochib beradi:
1. Yalpi pul tushumlari va yalpi pul to‘lovlari asosiy turlari ochib beriladigan bevosita usul;
2. Bilvosita usul. Bu usulga muvofiq sof daromad yoki zararga joriy aktivlar va majburiyatlarning o‘zgarishiga, ishonchsiz operatsiyalarga, shuningdek operatsiya investitsiya yoki moliya faoliyati natijasida olingan daromadlar va ko‘rilgan zararlarga qarab o‘zgartirish kiritiladi.
Investitsion faoliyat – bu pul ekvivalentiga kirmaydigan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish, qaytariladigan kreditlarni berish va olish. Bularga bino, asbob - uskuna, nomoddiy va boshqa aktivlarni sotish va sotib olish, aksiya yoki boshqa qarz majburiyatlarini sotishdan tushgan tushum va boshqa korxonalarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini sotib olish, fyuchers, forvard, opsion va svop - kontraktlar bo‘yicha tushumlar va ular bo‘yicha to‘lovlar kiradi.
Fyuchers kontrakt (muddatli kontrakt) – bu ma’lum miqdorda moliyaviy instrumentlarni yoki belgilangan miqdordagi tovarni erkin savdo birjasida kelishilgan narxda oldi - sotdi to‘g‘risidagi shartnoma.
Forvard kontrakti – bu tovar yoki moliyaviy instrumentlarni kelajakda jo‘natish va hisob - kitob qilish bo‘yicha oldi – sotdi to‘g‘risidagi bitim.
Opsion kontrakt (mukofotli bitim) – bu ma’lum miqdordagi moliyaviy instrumentlar yoki tovarlarni kelishilgan muddat ichida belgilangan miqdorda mukofot to‘lash evaziga qayd etilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt investitsiya va moliya faoliyatidan yalpi pul tushumlari va yalpi pul to‘lovlarini hisobotda alohida-alohida aks ettirishi kerak, netto asosida (Netto-asos - sof oqim yoki hisobot davrida pul mablagining kamayishi) hisobga olinadigan va quyidagi ikki paragrafda bayon qilinadigan pul oqimlari bundan mustasnodir.
Mijozlar nomidan pul oqimlari netto asosida ochib beriladi, bunda pul oqimlarining harakati yuridik shaxsning faoliyatiga nisbatan mijoz faoliyatini ko‘proq aks ettiradi, masalan:
1. Investitsiya tashkiloti o‘z mijozlarining topshirigiga binoan ushlab turadigan jamgarmalar;
2. Mulk egasi nomidan undiriladigan va unga beriladigan ijara to‘lovlari.
Tezda aylanadigan, katta miqdordagi mablagni o‘z ichiga oladigan va to‘lash muddati qisqa bo‘lgan moddalar bo‘yicha pul oqimlari ham netto asosida ochib berilishi mumkin, masalan:
1. Pul tushumlari hamda to‘lash vaqti qayd etilgan depozitlarni olish va to‘lash bo‘yicha to‘lovlar;
2. Depozitlarni joylashtirish va ularni boshqa moliya muassasalaridan qaytarib olish;
3. Mijozlarga berilgan pul bo‘naklari va kreditlar hamda bu bo‘naklar va kreditlarning to‘lanishi.
Investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning 060, 070, 080, 090-(satrlar) moddasida pul mablag‘lari harakati aks ettiriladi.

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling