O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 2-BOB. XARAJATLARNI TURKUMLASH VA ULARNING HISOBI.
- Tayanch so‘z va iboralar
Nazorat savollari
Boshqaruv hisobiga ta’rif bering. Boshqaruv hisobining maqsadi nima? Respublikamiz korxonalarida boshqaruv hisobini tashkil etish zaruratini yuzaga keltirayotgan omillarni sanab bering. Boshqaruv hisobining qanday elementlari mavjud? Korxona faoliyatida boshqaruv hisobi qanday o’rin tutadi? Boshqaruv hisobining shakllanishida kalkulyatsiya va ishlab chiqarish hisobining roli nimalardan iborat? Kalkulyatsiya hisobi nima? Ishlab chiqarish hisobi nima? Boshqaruv hisobining vazifalari nimalardan iborat? Boshqaruv hisobining strategiyasi va taktikasi nimalarni o’z ichiga oladi? Axborotdan foydalanuvchilar nuqtai-nazaridan boshqaruv hisobi va moliyaviy hisob o’rtasida qanday farqlar mavjud? Axborot manbalariga ko’ra boshqaruv hisobi moliyaviy hisobdan qanday farqlanadi? Moliyaviy va boshqaruv hisobida hisobning asosiy tuzilmasi qanday ko’rinishga ega? Moliyaviy va boshqaruv hisobida axborotlar qanday o’lchanadi? 22-BOB. XARAJATLARNI TURKUMLASH VA ULARNING HISOBI. 22.1. Xarajatlar haqida tushuncha va ularning turli xil belgilariga qarab turkumlanishi. 22.2. Ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar bo’yicha hisobga olishni tashkil etish. 22.3. Qo’shimcha xarajatlarni hisobga olish. 22.4. Javobgarlik markazlari bo’yicha xarajatlar hisobini tashkil etish. Tayanch so‘z va iboralar: Xarajatlar, moddiy xarajatlar, mehnat xarajatlari, sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, boshqa operatsion xarajatlar, foizlar bo’yicha xarajatlar, favqulodda zararlar. 22.1. Xarajatlar haqida tushuncha va ularning turli xil belgilariga qarab turkumlanishi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda xarajatlar alohida o’rin tutadi. Xarajatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan sarflarning puldagi ifodasidir. Korxonalarda xarajatlar turlari va moddalarining yuzaga kelishi ularning asosiy, moliyaviy va investitsiya faoliyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish korxonalarining xarajatlari asosan xomashyo, materiallar, yoqilg’i va mehnatga haq to’lash xarajatlari kabilardan iborat bo’ladi. Respublikamizda xarajat moddalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan (O’z.R. VM.ning 2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qarori bilan bilan o’zgartirishlar kiritilgan) «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizomga asoslanadi. Bu Nizomga asoslangan holda barcha xarajat moddalarini quyidagicha ifodalash mumkin: Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish yo’nalishidagi ustama xarajatlar. Davr xarajatlari: sotish xarajatlari; ma’muriy xarajatlar; boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar: foizlar bo’yicha xarajatlar; xorijiy valyuta operatsiyalarida yuzaga keladigan salbiy kurs farqlari; qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash; moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar. 4. Favqulodda zararlar. Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar ishlab chiqarish yoki mahsulot (ish, xizmat)larni qayta ishlashda foydalaniladigan tabiiy va mehnat resurslari, xomashyo va materiallar, yoqilg’i va energiya, asosiy vositalar hamda ishlab chiqarishga tegishli boshqa xarajatlarning bahosini ifodalaydi. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling