E’tibor bering, ta’mirlash va texnik xizmatlar yarimo’zgaruvchi xarajatlar toifasiga turkumlanadi va mahsulot birligiga 0,50 sh.b.ni tashkil qiluvchi o’zgaruvchi xarajatga plyus 5000 sh.b. doimiy xarajatga qo’shiladi. Umumiy xarajatlarni hisoblashni tekshirish 10.000 sh.b. mahsulot chiqqanda mahsulot birligiga o’zgaruvchi xarajatlarni baholash umumiy o’zgaruvchi xarajatlar 24,50 sh.b. bo’lishini ko’rsatadi. Demak o’zgaruvchi umumiy xarajatlar 245000 sh.b.ni tashkil qiladi. Unga 50000 sh.b. doimiy xarajat qo’shilsa jami xarajatlar 295 000 sh.b. bo’ladi. Demak bu erda xarajatlar funktsiyasi bunday ko’rinishda bo’ladi:
u = 50 000 + 24.50 x
Xarajatlarning bu funktsiyasidan so’ngra ishlab chiqarishning boshqa sharoitlarida xarajatlarning har bir alohida moddasi bo’yicha xarajatlarni baholash uchun foydalaniladi.
Keltirilgan misoldan ko’rinib turibdiki, o’zgaruvchi va doimiy xarajatlar bo’yicha chiqimlarni tahlil qilish etarlicha sub’ektivdir. Buning ustiga bunday tahlilda eng so’nggi ma’lumotlar qo’llaniladiki, ular xarajatlar o’zgarishining oldingi yoki keyingi tuslariga nisbatan tipik bo’lmasligi mumkin. Shu sababli mumkin bo’lgan joylarda xarajatlarni baholash turkum kuzatishlarga asoslanishi kerak. Shunday usulga asoslanib xarajatlarni baholash yakka va ko’pincha shartli muloxazalarga asoslanadi. Shu sababli bunday baholar etarlicha aniq bo’lmasligi mumkin, ayniqsa ularga asoslanib katta mablag’ bilan bog’liq qaror qabul qilish uchun aniq emas. Demak bu usulda o’lchov xatolari bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |