26.2. Ustama xarajatlarni taqsimlashning yagona va alohida stavkalari qo‘llash
1) IUX taqsimlash bazasi
Ustama xarajatlarni taqsimlash kompaniyada ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarga yoki kompaniya o’z mijozlariga ko’rsatadigan xizmatlar uchun umumiy bazani tanlash orqali amalga oshiriladi.
Taqsimlash bazasi sifatida ishlab chiqarish bo’linmalarining ustama xarajatlariga to’laroq mos keladigan omil tanlanishi lozim. Bazaga ko’pincha quyidagilar olinadi:
• Ishlab chiqarishda ishlagan ishchilarni ish vaqti
• Uskunalarni ishlagan vaqti
• Mehnat sarflari
• Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi
2) Ustama xarajatlarni taqsimlashning yagona (umumzavod) va alohida (tsex) stavkalari43
IUXni taqsimlashning yagona stavkasidan umuman korxona uchun foydalaniladi. Masalan, ma’lum davrda ustama sarflar 100 000 sh.b.ni tashkil qilgan, 50 000 soat ish qilingan bo’lsa, u holda ustama sarflarni taqsimlash stavkasi 100000 sh.b./ 50 000 mehnat soati = 2 sh.b. mehnat soatni tashkil qiladi. Ustama sarflar shu stavka bo’yicha mahsulotga tegishlidir. Masalan, mahsulotni tayyorlash 18 soat asosiy mehnatni talab qiladi, bunda ustama xarajatlarning 36 sh.b. (18 soat x 2sh.b./mehnat-soat) mahsulotga tegishli bo’ladi.
Agar ishlab chiqarish bir necha bo’linmada amalga oshirilgan bo’lsa, u holda IUXni taqsimlashning alohida stavkalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |