O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet283/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

32.3.-jadval
Boshqaruv samaradorligini baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi

T/r

Ko‘rsatkichlar nomi

Ko‘rsatkichlar
hisob-kitobi

Tarkibiy ko‘rsatkich-larning izohi

1.

Boshqaruv faoliyatining iqtisodiy samaradorligi (Kis)



D - yillik daroma;
Xis - mahsulotni ishlab chiqa-rish va sotishga sarflangan bir yillik xarajatlar

2.

Ishlab chiqarishni
tashkil etish darajasi (Kt)




Id - ishlab chiqarish davri-ning davomiyligi;
Ao - aylanma mablag‘lar obo-rotining davomiyligi.

3.

Ishlab chiqarish va so-tish rentabelligi (Kr)



Fs - sof foyda;
Sx - mahsulotni sotish
hajmi.

4.

Kapitalni manevrlik darajasi (Km)




Kak - aylanma mablag‘lar sum-
masi;
Ku - o‘zining kapitalini
o‘rtacha yillik kapitalidagi ulushi.

5.

Amortizatsiya ajratma-larining jamg‘arilishi (Kj)



AFb - asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati;
A - amortizatsiya ajratma-
lari summasi.

6.

Mahsulot
rentabelligi (Kmx)



T - mahsulot sotishdan
olingan tushum;
X - mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan xara-jatlar.

7.

Aksiyador kapitalidan
foydalanish samaradorligi.
Bitta aksiyaning
qiymati (Ka)




Kch- muomalaga chiqarilgan aksiyalarning qiymati;
Sa - sotilgan aksiyalarning
qiymati.

Ushbu ko‘rsatkichlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning nafaqat ichki samaradorligi, balki tashqi samaradorligini ham o‘zida aks ettiradi.
Biznesni markazlashtirilmagan holda boshqarish yirik korxonalarda boshqaruvni kichik va o‘rta biznes sub’ektlari boshqaruvi kabi tashkil etishni anglatadi.
Boshqaruv tizimini bunday tartibda shakllantirishning afzalligi yirik korxonalarning daromadi yuqoriligi va ularni ishsizlik darajasini pasaytirishga ko‘maklashishi bilan ifodalanadi.
Biznesni amalga oshiruvchi shaxs biznes sub’ekti yoki biznesmen deb ataladi. Biznes xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, jumladan, mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatishdan iborat faoliyat majmuini ifodalaydi.Iqtisodiyotda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Kichik va o‘rta biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi har bir mamlakatdagi mavjud iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muhitga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi paytgacha respublikamizda kichik va o‘rta biznesni istiqbolli rivojlantirish borasida ko‘pgina amaliy ishlar qilindi, jumladan uni bevosita qo‘llab-quvvatlovchi quyidagi maxsus qo‘mita va kengashlar tashkil etildi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi islohotlar va investitsiyalar bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash;

  2. Oliy Majlisning iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik bo‘yicha qo‘mitasi;

  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining restruk-turizatsiya xususiylashtirish qo‘mitasi;

  4. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi va h.k.

Ushbu davlat organlarining muhim vazifasi kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish hisoblanadi. Shuningdek, mahalliy organlar, hokimliklar ham o‘z hududiy xususiyatlariga asoslangan holda, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqib, amalga oshiradilar.
Mamlakatimizda kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini huquqiy jihatdan himoya qilish maqsadida «Korxonalar to‘g‘risida», «Mulkchilik to‘g‘risida», «Kichik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda «Xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Nizom qabul qilindi.
Kichik va o‘rta biznes (KO‘B) sub’ektlarini hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:

  1. KO‘Blarni rivojlantirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;

  2. KO‘Blarda zamonaviy, rag‘batlantiruvchi boshqaruv tuzilma-sini barpo qilish;

  3. KO‘Blarga moddiy-texnika bazani shakllantirishda yordam berish;

  4. KO‘Blarni ishonchli axborot manbalari bilan ta’minlash.

Ushbu me’yoriy hujjatlar respublikamiz iqtisodiyotida markazlashtirilma-gan boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, bu jarayonda kichik va o‘rta biznes korxonalarining ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Ishlab chiqarishni markazlashtirilmagan holda boshqarishning muhim sharti iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish birliklarini vujudga keltirish hisoblanadi. Bunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik jihatdan mustaqil yoki mustaqil bo‘lmasligi mumkin.
Biznesni markazlashtirilmagan holda boshqarish zaruriyati korxona iqtisodiy nochorlik holatiga tushib qolganda ya’ni uning kreditorlar oldidagi o‘z majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajara olmaslik hollarida ham yuzaga keladi.
Korxonalarda boshqarishning mazkur tartibini samarali joriy etish ularda buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirishga bevosita bog‘liq. Bunda korxonaning hisob tizimini xarajatlar va javobgarlik markazlari ustidan hamda rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan chetlanishlar bo‘yicha tezkor nazorat o‘rnatish, shuningdek, bo‘linmalar o‘rtasida transfert baholarni to‘g‘ri shakllantirish, ular moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini batafsil aks ettiradigan segmentar hisobotlarni tuzishga imkon berishi talab qilinadi.


Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling