O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet53/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

Nizomga 1-SON ILOVA
NM-4-son namunaviy shakl


Tasdiqlayman”


_________________
rahbar F.I.O.

____________
imzo


"_____" ____________ 20___ y.

Nomoddiy aktivlarni tugatish to‘g‘risida
______ -son DALOLATNOMA
Tashkilot ___________________________________________

Tarkibiy bo‘linma

Tuzilgan sana

Operatsiya turi kodi

Nomoddiy aktivlar saqlanishi uchun javobgar shaxsning kodi






Nomoddiy aktivning nomi

Turi

Kodi

Dastlabki (tiklanish) qiymati

Hisoblab yozilgan amortizatsiya summasi

Inventar raqami

1

2

3

4

5

6







20 ___ y.“__________” _________ da __________________ -son buyruq bilan
tayinlangan komissiya ___________________________________ ni o‘rgandi.
ob’ekt nomi
O‘rganish natijasida komissiya quyidagilarni aniqladi:
1. Ishlab chiqilgan (tayyorlangan) yili “____” ________ 20___ y.
2. Tashkilotga kelib tushgan “____” ________________ 20 ___ y.
3. Foydalanishga topshirish sanasi “____” __________ 20 ___ y.
4. Hisobdan chiqarish sababi _______________________________
5. Texnik holati __________________________________________
6. Komissiyaning xulosasi: _________________________________
__________________________________________________________
Ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati _________________

Komissiya raisi







lavozimi


imzo


imzo ras shifrovkasi















Komissiya a’zolari:












lavozimi


imzo


imzo ras shifrovkasi




M.O‘.









lavozimi


imzo


imzo ras shifrovkasi














lavozimi


imzo


imzo ras shifrovkasi






Nizomga 2-SON ILOVA
Nomoddiy aktivlarni tugatish natijalari to‘g‘risida
MA’LUMOTNOMA

Tugatish xarajatlari

Ishlar turi

Hujjat raqami

Xarajatlar moddasi

Summa

1

2

3

4











Jami


Tugatish natijalari ____________________________________
Nomoddiy aktivlarni hisobga olish kartochkasi (daftari)da
chiqib ketish qayd etilgan.
Bosh buxgalter (buxgalter) _________ ___________________
imzo imzo rasshifrovkasi
M.O‘. "____" _____________ 20___y.


16.6. Biznes birlashuvining qismi sifatida sotib olish. Gudvill hisobining xususiyatlari.

Tadbirkorlik sub’ekti birinchi navbatda operatsiya yoki boshqa hodisa biznes birlashuvi ekanligini aniqlashi lozim, qaysiki sotib olingan aktivlar va zimmaga olingan majburiyatlar biznesni tashkil etishini talab etadi. Agarda sotib olingan aktivlar biznes bo‘lmasa, hisobot beradigan tadbirkorlik sub’ekti operatsiyani yoki boshqa hodisani aktivni xaridi sifatida hisobga olishi lozim


Tadbirkorlik sub’ekti sotib olish usulini qo‘llash orqali har bir biznes birlashuvini hisobga olishi lozim.
Sotib olish usulini qo‘llash quyidagilarni talab etadi:
1. sotib oluvchini belgilash;
2. sotib olish sanasini aniqlash;
3. sotib olingan hamda aniqlanadigan aktivlarni, zimmaga olingan majburiyatlarni va shuningdek sotib olinuvchidagi har qanday nazorat-qilinmaydigan ulushni tan olish va baholash;
4. gudvill yoki manfaatli xariddan foydani tan olish va baholash
Sotib oluvchi operatsiya sotib olinuvchi uchun ayirboshlashning qismi ekanligini yoki operatsiya biznes birlashuvidan alohida ekanligini aniqlash uchun, o‘zaro istisno bo‘lmagan va har bir alohida hal qiladigan bo‘lmagan, quyidagi omillarni ko‘rib chiqishi kerak:
Birlashuv operatsiyasi uchun sabablar – birlashuvdagi tomonlar (sotib oluvchi va sotib olinuvchi hamda ularning mulk egalari, direktorlari va boshqaruvchilari – va ularning agentlari) muayyan operatsiyani yoki kelishuvni amalga oshirganligining sabablarini tushunishi, ya’ni biznesni birlashtirishga o‘tkazilgan tovonning va sotib olingan aktivlarning va zimmaga olingan majburiyatlarning qismi bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga oydinlik kiritishi kerak. Masalan, agarda operatsiya birlashuvdan oldin asosan sotib olinuvchining yoki uning sobiq mulk egalarining manfaati uchun emas, balki asosan sotib oluvchining yoki birlashgan tadbirkorlik sub’ektining manfaati uchun amalga oshirilsa, operatsiyaning ushbu qismining to‘langan narxi (va har qanday tegishli aktivlar yoki majburiyatlar) sotib olinuvchi uchun ayirboshlashning qismi bo‘lishining ehtimoli kamroq. Demak, sotib oluvchi ushbu qismni biznes birlashuvdan alohida tarzda hisobga olishi mumkin.
Operatsiyaga kim tashabburkorlik qilgan – operatsiyaga kim tashabbuskorlik qilganini tushunish ham u sotib olinuvchi uchun ayirboshlashning qismi bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga oydinlik kiritishi mumkin. Masalan, sotib oluvchi tomonidan tashabbuskorlik qilingan operatsiya yoki boshqa hodisa biznes birlashuvidan oldin sotib olinuvchi yoki uning sobiq mulk egalari kamroq naf olgan yoki hech qanday naf olmagan holda, sotib oluvchi yoki birlashgan tadbirkorlik sub’ektiga kelgusi iqtisodiy naflarni ta’minlash maqsadida amalga oshirilishi mumkin. Boshqa tomondan, sotib olinuvchi yoki uning sobiq mulk egalari tomonidan tashabbuskorlik qilingan operatsiya yoki kelishuv sotib oluvchining yoki birlashgan tadbirkorlik sub’ektining manfaati uchun bo‘lishining ehtimoli kamroq va biznes birlashuvi operatsiyasining qismi bo‘lishining ehtimoli ko‘proqdir.
Operatsiyaning muddati – operatsiyaning muddati ham u sotib olinuvchi uchun ayirboshlashning qismi bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga oydinlik kiritishi mumkin. Masalan, sotib oluvchi bilan sotib olinuvchi o‘rtasida biznes birlashuvining shartlari bo‘yicha muzokaralar mobaynida sodir bo‘ladigan operatsiya sotib olinuvchiga yoki birlashgan tadbirkorlik sub’ektiga kelgusi iqtisodiy naflarni ta’minlash uchun biznes birlashuvini ko‘rib chiqish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Agarda shunda bo‘lsa, sotib olinuvchi va uning sobiq mulk egalari biznes birlashuvidan oldin operatsiyadan kamroq naf olishi yoki hech qanday naf olmaslik ehtimoli mavjud, bunda ular birlashgan tadbirkorlik sub’ektining qismi sifatida oladigan naflardan tashqari.
Biznes birlashuvini tan olish tamoyilida sotib olish sanasida, gudvilldan alohida tarzda, sotib oluvchi sotib olingan aniqlanadigan aktivlarni, zimmaga olingan majburiyatlarni va sotib olinuvchidagi har qanday nazorat-qilinmaydigan ulushni tan olishi lozim. Sotib olish usulini qo‘llashning qismi sifatida tan olishni qanoatlantirish uchun, sotib olingan aniqlanadigan aktivlar va zimmaga olingan majburiyatlar sotib olish sanasida Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning Konseptual asosidagi aktivlar va majburiyatlarning ta’riflarini qanoatlantirishi lozim.
Masalan, sotib oluvchi sotib olinuvchining faoliyatidan chiqish yoki sotib olinuvchining xodimlarining faoliyatini to‘xtatish yoki boshqa joyga o‘tkazish bo‘yicha o‘z rejasini amalga oshirishda kelgusida sarflashni ko‘zda tutgan ammo sarflashga majbur bo‘lmagan xarajatlar sotib olish sanasida majburiyatlar hisoblanmaydi. Shu tufayli, sotib oluvchi ushbu xarajatlarni sotib olish usulini qo‘llashning qismi sifatida tan olmaydi. Sotib olish usulini qo‘llashning qismi sifatida tan olishni qanoatlantirish uchun, sotib olingan aniqlanadigan aktivlar va zimmaga olingan majburiyatlar sotib oluvchi bilan sotib olinuvchi (yoki uning sobiq mulk egalari) o‘rtasidagi alohida operatsiyalar natijasi bo‘lmasdan, balki biznes birlashuvi operatsiyasidagi ayirboshlashning qismi bo‘lishi shart.
Biznes birlashuvi avval mavjud bo‘lgan aloqani hal qilsa, sotib oluvchi quyidagicha baholangan foyda yoki zararni tan oladi:
- avval mavjud bo‘lgan noshartnomaviy aloqada (masalan sud jarayonida), haqkoniy qiymatni.
- avval mavjud bo‘lgan shartnomaviy aloqada, (a) va (b) dagi summalarning kamrog‘ini:
(a) shartnomani aynan bir yoki o‘xshash moddalar uchun joriy bozor operatsiyalari bo‘yicha shartlar bilan qiyoslaganda sotib oluvchi nuqtai nazaridan qulay yoki noqulay bo‘lgan summa. (Noqulay shartnoma shunday shartnomaki, qaysiki joriy bozor shartlarida noqulaydir. U og‘irlik qiladigan shartnoma, ya’ni shartnoma asosida majburiyatlarni bajarishning muqarrar xarajatlari uning asosida olinishi kutilgan iqtisodiy naflardan oshadigan shartnoma, bo‘lishi shart emas.)
(b) shartnoma noqulay bo‘lgan kontragent uchun mavjud bo‘lgan shartnomadagi har qanday qayd qilingan hisob-kitob qilish shartlarining summasi.
Agarda (a) dan (b) kam bo‘lsa, farq biznes birlashuvi hisobining qismi sifatida inobatga olinadi.
Tan olingan foyda yoki zarar summasi sotib oluvchi oldin tegishli aktiv yoki majburiyatni tan olgan yoki olmaganligiga qisman bog‘liq bo‘lishi mumkin va shu tufayli e’lon qilingan foyda yoki zarar yuqoridagi talablarni qo‘llash orqali hisoblangan summadan farq qilishi mumkin.

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling