O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
21.2. Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi
Respublikamizda Boshqaruv hisobini alohida fan sifatida rivojlantirish yo’nalishlarini belgilash uning tarixiy shakllanish jarayonini o’rganish zaruratini yuzaga keltiradi. Boshqaruv hisobi dastlab boshqaruv hisobi bo’lib buxgalteriya hisobining tarkibida mustaqil fan sifatida rasman 1972 yilda tan olindi. Bu paytda buxgalterlarning Amerika assotsiatsiyasi tomonidan boshqaruv hisobi bo’yicha bitiruvchilarga buxgalter-tahlilchi malakasini beradigan diplomli dasturi ishlab chiqilgan edi. Binobarin, mustaqil o’quv fani sifatida boshqaruv hisobi oliy o’quv yurtlarining o’quv rejasiga kiritilgan edi. Uning paydo bo’lishi hamda shakllanishi kalkulyatsiya va ishlab chiqarish hisoblarining rivojlanishi bilan bog’liq. Kalkulyatsiya hisobi xo’jalik hisobi paydo bo’lishi bilan bir vaqtning o’zida kelib chiqqan va tovar almashuv muomalalari natijasi bo’lib hisoblangan. “Kalkulyatsiya” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, so’zma-so’z tarjimada «calcul» - toshcha ya’ni “toshchalar bilan sanash” ma’nosini anglatadi. Ikkiyoqlama yozuvning paydo bo’lishi kalkulyatsiya hisobining rivojlanishini yanada yuqoriroq pog’onaga ko’tardi. Korxonaning umumiy buxgalteriyasi tarkibida kalkulyatsiya hisobining ajratib ko’rsatilishi esa buxgalteriya hisobini ÿnada takomillashtirish imkonini berdi. Iqtsodiyotni modernizatsiyalash sharoitida buxgalteriya hisobini xalqaro hisob tizimi asosida takomillashtirish, jumladan axborotlarni o’z vaqtida foydalanuvchilarga etkazish, tijorat sirini saqlanishini ta’minlash, korxona buxgalteriyasini ikki mustaqil qism: moliyaviy va kalkulyatsiya hisobiga bo’linishini shart qilib qo’ydi. Bu tarzda buxgalteriyaning mustaqil qismlarga bo’linishi moliyaviy hisobni markazlashtirish va kalkulyatsiya hisobini esa nomarkazlashtirishga sabab bo’ldi. Natijada, kalkulyatsiya hisobi o’z vazifalariga ega bo’la boshladi va boshqaruv jarayonini tezkor-tahliliy axborot bilan ta’minlash, korxona bo’linmalari xarajatlari va daromadlarini nazorat qilish imkoniyatini yaratdi. Ushbu omillar xarajatlar me’yorlari, mahsulotning normativ kalkulyatsiyasini ishlab chiqish, haqiqiy xarajatlarning me’yoriy xarajatlarga muvofiqligini tezkor nazorat qilish, mavjud chetlanishlarni aniqlash va bartaraf qilishga imkon tug’dirdi hamda tannarxning shakllanish jarayonini boshqarishning chetlanishlar bo’yicha boshqaruv usuli yuzaga keldi. XX asrning 40-yillari ohirida AQSh va G’arbiy Evropaning ayrim mamlakatlarida “ishlab chiqarish hisobi” atamasi asta-sekin “boshqaruv hisobi” atamasiga almashina boshladi. Bu davrda buxgalteriya hisobi boshqaruv siyosatini shakllanishi va amalga oshirilishida faol ishtirok eta boshladi, buxgalterlar esa taxminlash, rejalashtirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish va korxona boshqaruv xizmatlarini axborot bilan ta’minlash ustidan nazorat o’rnatish sohasida faoliyat yurita boshladilar. O’zbekiston korxonalarida ko’pgina buxgalterlar an’anaviy buxgalteriya hisobi bilan shug’ullanadilar. Ko’pgina korxonalarda boshqaruv hisobi olib borilmaydi yoki bu hisob juda sust rivojlangan. Uning ko’pgina unsurlari bizning an’anaviy buxgalteriya va operativ hisobimizga, iqtisodiy tahlilimiz tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, O’zbekiston hisob amaliyoti hali marketing imkoniyatlaridan foydalangan emas, unda haqiqiy xarajatlarning taxminiylardan og’ishishlarini, mahsulotni sotishning zararsizlik nuqtasini aniqlash, byudjetlashtirish, transfert bahoni shakllantirish, ichki hisob va auditning metodikasi kabi katta imkoniyatlardan foydalanilmayapti. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda firma va kompaniyalar buxgalteriya hisobi sohasida ish vaqtining asosiy qismini boshqaruv hisobini tiklash va yurgazishga xarajat qiladilar, ayni vaqtda, an’anaviy moliyaviy hisobga faqat qolgan qismigina ketadi. Respublikamiz korxonalarida esa bu nisbatning, afsuski, mutlaqo aksini ko’ramiz. Bunga sabab, boshqaruv hisobining O’zbekistondagi mavjud qonuniy va me’yoriy hujjatlarda o’z aksini topmaganidir. Masalan, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunda faqat buxgalteriya hisobiga aniqlik kiritilgan, unda na moliyaviy va boshqaruv hisobi to’g’risida hech narsa deyilmagan. Ma’lumki, u yoki bu hodisa mohiyatini tushunish uchun dastlab uning tarixan tiklanish va rivojlanish, shuningdek, sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash zarur. Boshqaruv hisobining tiklanishi va shakllanishini kalkulyatsion va ishlab chiqarish hisoblarini rivojlanishi tarixidan ajralgan holda tasavvur etish qiyin. Boshqaruv hisobi tiklanishi va rivojlanishi yo’lida mavjud buxgalteriya bazasida ikki mustaqil schetlar rejasi – moliyaviy va boshqaruv hisobini qo’llash amaliy qadam bo’lib qoldi. Bunday bo’linish sezilarli tarzda Evropa mamlakatlarining yagona milliy rejalari shakllanishiga ta’sir qila boshladi. Gap shundaki, ikkinchi jahon urushiga qadar Evropa mamlakatlarida (Frantsiya, Germaniya va h.k.) buxgalteriya hisobi yagona hisob rejasi bo’yicha olib borildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa Evropa iqtisodiy hayotida AQSh kapitali hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi, shu bilan birga buxgalteriya hisobining shakllanishiga ingliz-amerika yondoshuvchi bo’ldi. Chunki boshqaruv hisobida taxminlash va rejalashtirish funktsiyalari tarkibiy funktsiyalardan bo’lib qoldi, ularning yagona buxgalteriyada qo’llanishi esa korxonaning tijorat sirlari buzilishiga olib keldi. Shu sababdan Evropa milliy hisob rejalarining bundan keyingi rivojlanishi ularning moliyaviy hisobot tuzish imkoniyatiga muvofiqlashuvi yo’lidan bordi va ko’pchilik hollarda moliyaviy hisob doiralari bilan chegaralana boshladi. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling