O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Axborotlarni buxgalteriya hisobi schetlari tizimida aks ettirish


Download 5.72 Mb.
bet184/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

3. Axborotlarni buxgalteriya hisobi schetlari tizimida aks ettirish. Moliyaviy hisob schetlari tizimi korxona moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari holati hamda harakati to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni umumlashtiradi. Ushbu schetlar tizimi O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 21-sonli «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatini schetlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»ga nomli milliy standartiga asoslanadi. Ushbu schetlar rejasining yangi tahriri O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2002 yil 9-sentyabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23-oktyabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan.
Boshqaruv hisobi schetlar rejasi esa korxona va uning bo’linmalari faoliyati to’g’risida strategik boshqaruv qarorlari qabul qilish, byudjetlashti­rish, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasini tashkil etish, “Xarajatlar-ishlab chiqarish hajmi-foyda” tizimi bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlashni nazarda tutadi. Mazkur schetlar rejasini amaliyotga joriy etish ikki razryadli buxgalteriya hisobi schetlari tizimidan to’rt razryadli tizimga o’tish zaruriyatini keltirib chiqaradi:
a) balans schetlari ya’ni balans tuzishda ishtirok etuvchi schet­lar;
b) operatsion, “Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda” tizimi bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlashda qo’llaniladigan va boshqaruv buxgalteriyasida foydalaniladigan schetlar.
Hozirgi kunda jahon amaliyotida boshqaruv hisobi schetlar rejasining Germaniya va Rossiyada muvaffaqiyatli qo’llanilayotgan tizimlari amal qilmoqda.
4. Axborotdan foydalanuvchilar. Moliyaviy hisobni tashqi hisob deb ham ataydilar. Uning natijalari chop etib boriladi, biroq, moliyaviy hisobotlar nafaqat moliyaviy axborotlarni, shuningdek, korxonalar faoliyatidagi muvaffaqiyatlarni, ularning yangi mahsulotlarini namoyish etuvchi reklama tusidagi axborotlarni ham o’z ichiga oladi. Moliyaviy hisob axborotlaridan foydalanuvchilar, asosan korxonadan tashqarida bo’ladilar. Ushbu axborot korxona rahbariyati, davlat organlari, kreditorlar, aktsionerlar, investorlar (ichki va tashqi foydalanuvchilar) uchun zarur. Boshqaruv hisobini, binobarin, ichki hisob deb atash mumkin. Uning natijalaridan korxona boshqaruvi xodimlari, ta’sischilar va kuzatuv kengashi a’zolari foydalanadilar.

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling