21.3. Boshqaruv va ishlab chiqarish hisobi o’rtasidagi bog’liqlik
Boshqaruv hisobining mohiyatini chuqurroq anglash u bilan ishlab chiqarish hisobi orasidagi bog’lanish va farqli jihatlarni ajratishga bevosita bog’liq.
Ishlab chiqarish hisobi – bu ishlab chiqarish xarajatlari va korxona daromadini boshqarish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashda namoyon bo’ladi. U korxonada mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq barcha masalalarni batafsil aks ettirishi lozim.
Boshqaruv va ishlab chiqarish hisobi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni jadvalda quyidagicha ifodalash mumkin (21.1-jadval).
21.1-jadval
Korxonada ichki xo’jalik hisobining turlari va ular o’rtasidagi aloqadorlik
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, Boshqaruv hisobi ishlab chiqarish hisobidan kengroq bo’lib, o’z ichiga ichki (segmentar) hisob va hisobot, transfert bahoni shakllantirish hamda istiqbolni belgilash kabi hisobning yangi yo’nalishlarini qamrab oladi.
Zamonaviy ishlab chiqarish hisobi esa yuqoridagilardan tashqari quyidagi ko’rsatkichlarni ham o’zida aks ettiradi:
xarajatlar va daromadlarni hisobdan chiqarish hisobi.
Do'stlaringiz bilan baham: |