Buyurtmaning hisob kartochkasi – bu aniq bir bajarilgan ishga sarflangan vaqt yozuvidir. Odatda u ishchi kuchining qiymatini ko’rsatadi. Vaqtni qayd etishning aniqligini ta’minlash uchun imkoni boricha xronakartalardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Ishga qatnashish tabeli – bu ishchi ish vaqtini sarflagani to’g’risidagi yozuvdir. Ishga qatnashish tabeli buyurtmaning alohida hisob kartochkasi kabi aniq emas, buyurtma kartochkasi ma’lum operatsiya bilan bog’liq ishlar tugallangandan so’ng darhol ofisga qaytarilishi kerak. Ishga qatnashish tabeli qo’llanilgan hollarda band bo’lmagan ish vaqti to’la ochilmay qoladi.
25.2. Korxonalarning boshqaruv tizimida mehnat haqi xarajatlari tahlili
To’g’ri va yordamchi mehnat. To’g’ri ish haqi ishlab chiqarish mehnat xarajatining mahsulotni tayyorlash bilan oson bog’lash mumkin bo’lgan xarajatlar qatoriga kiradi. Bevosita ishlab chiqarish mehnati xarajatlariga ishchilarning ishlab chiqarish liniyasidagi, yig’uv konveyeridan aniq buyurtmani bajarish bilan bog’liq mehnatini kiritish mumkin.
Mahsulot tayyorlash bilan bevosita bog’liq bo’lmagan mehnatni yordamchi yoki bilvosita mehnat deyiladi. Bu xarajatlar ishlab chiqarishning ustama xarajatlariga qo’shiladi va so’ngra joriy davr oxirida mahsulotga tegishli stavka bo’yicha taqsimlanadi. Bilvosita mehnatga tsex boshliqlari, brigadirlar, muhandis xodimlar, qorovullar, tsex farroshlari mehnati kiradi. Noishlab chiqarish xodimlarining, ya’ni mahsulotni sotish bilan shug’ullanadigan xodimlarning ish haqi va ma’muriy boshqaruv xodimlarining ish haqi hisobot davridagi sarflar sifatida hisobga olinadi (davr xarajatlarida) va bunday xarajatlar vujudga kelishiga qarab foyda va zararlar schetiga hisobdan chiqariladi.
Bekor turish vaqtini, ish vaqtidan tashqari ishlash vaqtini va mukofotlarni hisobga olish
Band bo’lmagan ish vaqti yoki bekor turgan vaqt – bu unumsiz, lekin haq to’lanadigan vaqtdir.
Bartaraf etiladigan bekor turish rejalashtirish yaxshilanganda xoli bo’lish mumkin bo’lgan vaziyat oqibatida vujudga keladi. Bunday bekor turish bo’yicha sarflar mahsulot tannarxiga kiritilmasligi, balki foydalar va zararlar schetiga hisobdan chiqarilishi kerak.
Bartaraf etsa bo’ladigan asosiy bekor turish hollari quyidagilardir40:
• Ishlab chiqarish jarayonining to’xtab qolishi (uskunalarning sinishi, materiallarning etishmasligi, ishni yaxshi rejalay olmaslik);
• Boshqaruv qarorlari (buyumlarning texnik xususiyatini o’zgartirish, omborda materiallarning yo’qligi, rejalarning o’zgarishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |