Qo’shimcha mahsulotni uning haqiqatan ishlab chiqarilishiga qarab hisoblash66.
Ishlab chiqarilgan qo’shimcha mahsulotning taxmin qilingan sof sotish qiymati aniqlanadi {4000*(1-0,1)=$3600}.
Kompleks chiqimlar kelgusidagi taxminiy sotish qiymati miqdoriga kamaytiriladi (60000 – 3600 = $ 56400).
Asosiy mahsulot bitta birligining tannarxi qo’shimcha mahsulotdan kelgusida olinadigan sof tushumni hisobga olgan holda aniqlanadi (56400/20000 = $ 2,82/b.). Asosiy mahsulot shu tannarx bo’yicha sotish uchun hisobdan chiqariladi.
Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot:
Ko’rsatkichlar
|
Summa
|
1.Sotish
|
15000*5 = 75000
|
2. Sotilgan mahsulot tannarxi
|
15000*2,82 = 42300
|
3. Yalpi daromad
|
32700
|
va 2- usuldan birini tanlash savdo kon’yukturalariga bog’liq. Sotilmagan qo’shimcha mahsulotning sotilishini kafolatlab bo’lmasa va bozor narxlari foyda keltirmasa, mahsulot sotib bo’lingunga qadar sof daromadni e’tirof etmaslik kerak. Ishlab chiqarish bosqichida sof daromadni tan olishning asosiy nuqsoni shuki, bu foydani vaqtidan oldin tan olishga olib keladi, lekin bu foyda miqdori kam bo’lsa, uni e’tiborga olmasa bo’ladi.
Topshiriq:
9-1. «Sanshayn Oyl» kompaniyasi tozalanmagan o’simlik yog’ini sotib oladi. Shu yog’ tozalangandan so’ng ajralish nuqtasida to’rt xil mahsulot: A, V, S va D hosil bo’ladi, S mahsulot ajralish nuqtasida to’la sotiladi. A, V va D mahsulotlarni yanada tozalash va «A super», «V super» va «D super» mahsulotlarni olish mumkin. So’nggi oyda (dekabrda) ajralish nuqtasida olingan mahsulot quyidagicha bo’ldi:
A Mahsulot
|
300 000 litr
|
V Mahsulot
|
100 000 litr
|
S Mahsulot
|
50 000 litr
|
D Mahsulot
|
50 000 litr
|
Tozalanmagan yog’ni sotib olishga va qayta ishlashga jami xarajatlar 100 000 sh.b.ni tashkil qildi. «Sanshayn Oyl» kompaniyasida shu oy boshida va oxirida zahira yo’q edi. Dekabrda S mahsulot 50 000 sh.b.ga sotildi. A, V va D mahsulotlarni tozalash davom ettirildi va shundan so’ng ular ham sotildi. Dekabr oyida quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |