O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Tannarxni o’zgaruvchi xarajatlar bo’yicha kalkulyatsiyalash (direkt- yoki veribl-kosting)


Download 5.72 Mb.
bet248/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

Tannarxni o’zgaruvchi xarajatlar bo’yicha kalkulyatsiyalash (direkt- yoki veribl-kosting).67 Bu usulda faqat o’zgaruvchi ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotga xarajat sifatida talqin qilinadi (zahira sig’imli xarajatlar), doimiy ishlab chiqarish xarajatlari esa davr xarajatlariga tegishli hisoblanadi. Direkt-kostingdan foydalanib tayyorlangan foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot ichki hisobot sifatida qo’llaniladi. Bu hisobotda marjinal daromad ko’rsatiladi, bu daromad barcha o’zgaruvchi xarajatlar bilan daromadlar o’rtasidagi tafovutdan iborat.
Quyida xarajatlarni to’la taqsimlab tannarxni kalkulyatsiyalash (abzorpshen-kosting) va o’zgaruvchi xarajatlar bo’yicha (direkt- yoki veribl-kosting) kalkulyatsiyalashdan foydalanib tayyorlangan foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotlar keltirilgan.
Foyda va zararlar to’g’risida hisobot (abzorpshen-kosting), sh.b.

Sotishdan tushgan daromad

1 000

Minus Sotilgan mahsulot tannarxi (barcha ishlab chiqarish xarajatlari kiritiladi)

600

Yalpi foyda

400

Minus Ma’muriy sarflar va sotish bo’yicha sarflar (doimiy va o’zgaruvchi)

300

Operatsion foyda

100

Foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot (direkt-kosting)1, sh.b.

Sotishdan tushgan daromad

1 000

Minus O’zgaruvchi ishlab chiqarish xarajatlari (bevosita materiallar, to’g’ri mehnat, o’zgaruvchi ishlab chiqarish ustama sarflari)



360

Minus O’zgaruvchi ma’muriy sarflar va savdo sarflari

120

Marjinal daromad

520

Minus Doimiy xarajatlar:
Doimiy ishlab chiqarish ustama sarflari
Doimiy ma’muriy sarflar va sotish sarfi


240
180



Operatsion foyda

100

1 Marjinal moliyaviy hisobot deb ham aytiladi



Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling