Shartlari
|
Foyda miqdoriga ta’sir
|
Ishlab chiqarish sotilgan mahsulotga teng
|
Agar ishlab chiqarilgan mahsulotning hammasi har bir davrda sotilsa, bu holda ikkala kalkulyatsiyadan foydalanganda operatsiya foydasi bir xil bo’ladi
|
Ishlab chiqarish sotilgan mahsulotdan ko’p
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorining sotilgan mahsulot miqdoridan ko’p bo’lishi zahiralarning ko’payishiga olib keladi. Abzorpshen-kostingdan foydalanilganda doimiy IUXning bir qismi zahiradagi mahsulot birligining tannarxiga o’tadi. Direkt-kostingdan foydalanilganda barcha doimiy ishlab chiqarish ustama sarflari shu davr sarflariga qo’shiladi. Shu sababli abzorpshen-kosting usulida hisoblangan foyda direkt-kosting bo’yicha hisoblangan foydadan ko’p bo’ladi.
|
Sotilgan mahsulot ishlab chiqarilgan mahsulotdan ko’p
|
Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarilgan mahsulotdan ko’p bo’lishi zahiralarning kamayishiga olib keladi. Abzorpshen-kostingdan foydalanganda zahiradagi birliklarning tannarxiga o’tkazilgan doimiy ishlab chiqarish ustama sarflarining bir qismi sotilgan mahsulotning tannarxi sifatida sarflarga o’tadi. Direkt-kostingdan foydalanganda barcha doimiy ishlab chiqarish ustama sarflari ular sodir bo’lgan davrning xarajatlariga qo’shilgan. Shu sababli abzorpshen-kostingda olingan foyda direkt-kosting bo’yicha hisoblangan foydadan kam bo’ladi.
|