O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Xarajatlarni to’la taqsimlab tannarxni kalkulyatsiya qilish va o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha kalkulyatsiyalashning foyda miqdoriga ta’sirini qiyoslash


Download 5.72 Mb.
bet249/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

30.2. Xarajatlarni to’la taqsimlab tannarxni kalkulyatsiya qilish va o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha kalkulyatsiyalashning foyda miqdoriga ta’sirini qiyoslash



Shartlari

Foyda miqdoriga ta’sir



Ishlab chiqarish sotilgan mahsulotga teng

Agar ishlab chiqarilgan mahsulotning hammasi har bir davrda sotilsa, bu holda ikkala kalkulyatsiyadan foydalanganda operatsiya foydasi bir xil bo’ladi



Ishlab chiqarish sotilgan mahsulotdan ko’p

Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorining sotilgan mahsulot miqdoridan ko’p bo’lishi zahiralarning ko’payishiga olib keladi. Abzorpshen-kostingdan foydalanilganda doimiy IUXning bir qismi zahiradagi mahsulot birligining tannarxiga o’tadi. Direkt-kostingdan foydalanilganda barcha doimiy ishlab chiqarish ustama sarflari shu davr sarflariga qo’shiladi. Shu sababli abzorpshen-kosting usulida hisoblangan foyda direkt-kosting bo’yicha hisoblangan foydadan ko’p bo’ladi.



Sotilgan mahsulot ishlab chiqarilgan mahsulotdan ko’p



Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarilgan mahsulotdan ko’p bo’lishi zahiralarning kamayishiga olib keladi. Abzorpshen-kostingdan foydalanganda zahiradagi birliklarning tannarxiga o’tkazilgan doimiy ishlab chiqarish ustama sarflarining bir qismi sotilgan mahsulotning tannarxi sifatida sarflarga o’tadi. Direkt-kostingdan foydalanganda barcha doimiy ishlab chiqarish ustama sarflari ular sodir bo’lgan davrning xarajatlariga qo’shilgan. Shu sababli abzorpshen-kostingda olingan foyda direkt-kosting bo’yicha hisoblangan foydadan kam bo’ladi.

Misol:
Quyida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniya bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Axborot uch davrni o’z ichiga oladi.

Sotish narxi, sh.b.

10

Mahsulot birligida o’zgaruvchi ishlab chiqarish sarflari, sh.b.

6

Davrning doimiy ishlab chiqarish ustama sarflari, sh.b.

300

Noishlab chiqarish sarflari (ma’muriy, sotish sarflari – hammasi doimiy)

100

Birinchi davr boshidagi zahiralar, birlik

0





Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling