Tannarxni o’zgaruvchi xarajatlar bo’yicha kalkulyatsiyalash (direkt- yoki veribl-kosting).67 Bu usulda faqat o’zgaruvchi ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotga xarajat sifatida talqin qilinadi (zahira sig’imli xarajatlar), doimiy ishlab chiqarish xarajatlari esa davr xarajatlariga tegishli hisoblanadi. Direkt-kostingdan foydalanib tayyorlangan foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot ichki hisobot sifatida qo’llaniladi. Bu hisobotda marjinal daromad ko’rsatiladi, bu daromad barcha o’zgaruvchi xarajatlar bilan daromadlar o’rtasidagi tafovutdan iborat.
Quyida xarajatlarni to’la taqsimlab tannarxni kalkulyatsiyalash (abzorpshen-kosting) va o’zgaruvchi xarajatlar bo’yicha (direkt- yoki veribl-kosting) kalkulyatsiyalashdan foydalanib tayyorlangan foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotlar keltirilgan.
Foyda va zararlar to’g’risida hisobot (abzorpshen-kosting), sh.b.
Sotishdan tushgan daromad
|
1 000
|
Minus Sotilgan mahsulot tannarxi (barcha ishlab chiqarish xarajatlari kiritiladi)
|
600
|
Yalpi foyda
|
400
|
Minus Ma’muriy sarflar va sotish bo’yicha sarflar (doimiy va o’zgaruvchi)
|
300
|
Operatsion foyda
|
100
|
Foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot (direkt-kosting)1, sh.b.
1 Marjinal moliyaviy hisobot deb ham aytiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |