O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotish narxi Vazni (kg) Daromad
1-kun. Qassob cho’chqa xarid qiladi. Cho’chqaga 300 sh.b. miqdoridagi kompleks xarajatlar mahsulotlarga ularning nisbiy vazniga qarab taqsimlanadi.
2-kun Qassob xuddi shunday cho’chqani sotib oladi va cho’chqa tuyoqlarini ular zarar keltirgani uchun tashlab yuboradi. Endi undan jami 185 kg mahsulot chiqadi.
3-kun Qassob xuddi shunday cho’chqani sotib oladi va zarar keltiradigan bo’lgani uchun cho’chqa tuyoqlarini va to’shini tashlab yuboradi. Endi undan 85 kg mahsulot chiqadi.
4-kun Qassob shunday cho’chqani sotib oladi va foyda chiqmagani uchun cho’chqa tuyoqlari, to’shi va sonini tashlab yuboradi. Endi cho’chqadan 35 kg mahsulot chiqadi.
5-kun Qassob xuddi shunday cho’chqani sotib oladi va har bir mahsulot foyda bermagani uchun hammasini tashlab yuboradi. Endi undan 5 kg mahsulot chiqadi.
6-kun Qassob xuddi shunday cho’chqani sotib oladi va zararli bo’lgani uchun hammasini tashlab yuboradi. Demak u 300 sh.b. zarar ko’radi. Talab qilinadi: 1. Yuqorida keltirilgan qarorlar turkumini sharhlang. 2. Ajralish nuqtasidagi qiymat usulidan foydalanganda kompleks xarajatlar bu besh mahsulotga qanday taqsimlanadi? 3. Alohida mahsulotlarni sotish kerakmi yoki sotish kerak emasmi, buni aniqlash uchun 2-masaladagi operatsiya foydasi miqdoridan foydalanish lozimmi? 9-6. «Prinses» korporatsiyasi olma etishtiradi va uni qayta ishlab, uch xil kompleks mahsulot: (a) pishiriqda ishlatiladigan yaproq-yaproq kesilgan olma, (b) olma pyuresi (v) olma sharbati ishlab chiqaradi, idishlarga joylab sotadi. Olma po’sti hayvonlarga qayta ishlangan em, qo’shimcha mahsulot sifatida hisobga olinadi. «Prinses» kompleks jarayon xarajatlarini o’z kompleks mahsulotlariga taqsimlash uchun kutilayotgan sotish sof qiymati usulidan foydalanadi. Qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarilgandan so’ng kutilayotgan sotish qiymati bo’yicha schetda tan olinadi. Ajralish nuqtasigacha bo’lgan kompleks ishlab chiqarish xarajatlari qo’shimcha mahsulotning kutilayotgan sof sotish qiymati miqdoriga kamaytiriladi. «Prinses» kompaniyasidagi ishlab chiqarish jarayoni to’g’risida quyidagi axborot mavjud: • Tozalash tsexida olma yuviladi, po’sti archiladi. So’ngra urug’ qismi olib tashlanadi, va yaproq qilib to’g’ralishga tayyorlanadi. Tozalash tsexida ishlangandan so’ng uchta kompleks mahsulot va qo’shimcha mahsulot turlicha bo’lib ajraladi. So’ngra barcha mahsulotlar so’nggi ishlov berish uchun alohida tsexlarga o’tkaziladi. • Qirqishga tayyorlab qo’yilgan olmalar qirqish tsexiga tushadi, bu erda yaproq qilib qirqiladi va muzlatiladi. Qirqish chog’ida chiqqan olma sharbati ham qo’shib muzlatiladi. • Olmani qirqishga tayyorlash jarayonida olingan olma bo’laklari maydalash tsexida qayta ishlanib, olma pyuresiga aylantiriladi. Shu jarayon davomida olinadigan olma sharbati pyureda foydalaniladi. • Sharbatni ezib chiqarish tsexida olmaning urug’li qismi va tozalash tsexida olingan boshqa parchalari sharbat olish uchun eziladi. Yo’qotish shu tsexda olinadigan mahsulotning 8% tashkil etadi. • Olma po’sti hayvonlar uchun ozuqa qilib maydalanadi va ozuqa tsexida paketlarga joylanadi. Bu ozuqa talab paydo bo’lguncha past haroratda saqlanadi. Noyabrda tozalash tsexida 270 000 kg olmaga ishlov berildi. Quyidagi jadvalda har bir tsexda qilingan xarajatlar, pirovard qayta ishlash uchun to’rtta tsexga o’tkazilgan mahsulotlarning mutanosib vazni va har bir pirovard mahsulotni sotish narxi keltirilgan. Qayta ishlash to’g’risidagi ma’lumotlar va xarajatlar
Talab qilinadi: 1. 2017 yil noyabr oyi bo’yicha quyidagilarni hisoblang: a. Yaproq qilib qirqilgan olma, olma pyuresi, olma sharbati va hayvonlar uchun ozuqa chiqishi, kilogramm hisobida. b. Har bir mahsulotning ajralish nuqtasida kutilayotgan sof sotish qiymati. c. «Printsess» kompaniyasining tozalash tsexi bo’yicha xarajatlar summasini yuqorida aytilgan xarajatlarni taqsimlash usuli bo’yicha har bir kompleks mahsulotga tegishliligini, shartli birlikda d. Har bir kompleks mahsulot bo’yicha solishtirma yalpi foydasi, sh.b. hisobida. 2. Har bir kompleks mahsulot bo’yicha solishtirilgan yalpi foyda to’g’risidagi axborot rejalashtirish va nazorat maqsadlari uchun (zaxiralar tannarxini kalkulyatsiyalash maqsadlaridan farqli ravishda) raxbariyat uchun muximligini sharhlab bering. 9-7. (9-6 topshiriqning davomi). «Prinses» korporatsiyasi xayvonlar uchun ozuqani qo’shimcha mahsulot sifatida tasnif qiladi. Ishlab chiqarishdan so’ng qo’shimcha mahsulot kutilgan sotish qiymati schetida e’tirof etiladi. Ajralish nuqtasigacha bo’lgan kompleks ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotni sotishning sof qiymati miqdoriga kamaytiriladi. 1-yilga qadar «Prinses» kompaniyasi hayvonlar uchun ozuqanigina emas, olma sharbatini ham qo’shimcha mahsulot hisoblagan. Bu qo’shimcha mahsulotlar sotilmaguncha hisobda e’tiborga olinmas edi. Ularni sotishdan olingan daromad moliya-xo’jalik faoliyatining natijalari to’g’risidagi hisobotda daromad moddasi sifatida aks ettirilar edi. «Prinses» korporatsiyasi o’z menejerlarining mehnatiga haq to’lash uchun samaradorlikni baholash usuli bilan boshqarishdan foydalanadi. Har olti oyda menejerlar oldiga daromadga operatsiya foydasi koeffitsientini oshirish maqsadi qo’yiladi. Agar maqsadga erishilmasa, ular hech qanday foyda olishmaydi, agar maqsadga erishilgan bo’lsa yoki erishilayotgan bo’lsa, belgilangan mukofotni olishadi. Talab qilinadi: 1. «Prinses» kompaniyasining menejerlari vaqt o’tishi bilan o’z mukofotlarini ko’paytirishni ko’zlashayotgan bo’lsa, menejerlar qo’shimcha mahsulot uchun qanday usulni (1-yilda foydalanilgan usulni yoki 2-yildagini) afzal ko’rishadi? Olma mahsulotlari bo’yicha menejer o’z mukofotini ko’paytirish uchun hisob tizimini suyiste’mol qilmayotganini bosh buxgalter qanday tekshirishi mumkin? Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling