Takrorlash uchun savollar
Kompleks yoki qo’shimcha ishlab chiqarish xarajatlarini tushuntirib bering?
Qo’shma mahsulotlar deganda nimani tushunasiz?
Ajralish nuqtasi deganda nimani tushunasiz?
Alohida xarajatlar deganda nimani tushunasiz?
Qo’shimcha mahsulotlar deganda nimani tushunasiz?
Xarajatlarni taqsimlash usullarini tushuntirib bering?
Sotishga asoslangan usul deganda nimani tushunasiz?
Natural ko’rsatkichlar usuli deganda nimani tushunasiz?
Sof sotish qiymati usuli deganda nimani tushunasiz?
Yalpi foyda doimiy ulushi usulini tushuntirib bering?
30-BOB. XARAJATLARNI TO’LA TAQSIMLAB VA O’ZGARUVCHAN XARAJATLAR BO’YICHA TANNARXNI KALKULYATSIYA QILISH USULI
30.1. Xarajatlarni to’la taqsimlab tannarxni kalkulyatsiya qilish bilan tannarxni o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha kalkulyatsiya qilish o’rtasidagi tafovutlar.
30.2. Xarajatlarni to’la taqsimlab tannarxni kalkulyatsiya qilish va o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha kalkulyatsiyalashning foyda miqdoriga ta’sirini qiyoslash.
30.3. Xarajatlarni to’la taqsimlab va o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha tannarxni kalkulyatsiyalashni quvvatlovchi dalillar.
Tayanch so‘z va iboralar: direkt-kosting, veribl-kosting, Marjinal moliyaviy hisobot, Xarajatlar, xarajatlarni taqsimlash, sotishga o’zgaruvchan xarajatlar, natural ko’rsatkichlar, sof sotish qiymati.
30.1. Xarajatlarni to’la taqsimlab tannarxni kalkulyatsiya qilish bilan tannarxni o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha kalkulyatsiya qilish o’rtasidagi tafovutlar.
Xarajatlarni to’la taqsimlab tannarxni kalkulyatsiya qilish (abzorpshen-kosting) – bu mahsulot tannarxini sotilgan mahsulotlar va omborda mahsulot qoldig’i o’rtasidagi barcha ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlab kalkulyatsiyalash usulidir, ya’ni bu usuldan foydalanganda doimiy ishlab chiqarish sarflari zahira sig’imi bo’ladi. Kalkulyatsiyadan tashqi foydalanuvchilar uchun foyda va zarar to’g’risida hisobot tayyorlash maqsadida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |