O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet251/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

Ko’rsatkichlar

1 Yil

2 Yil

Mahsulotni sotish

1 000 b.




1 200 b.




Ishlab chiqarilgan mahsulot

1 400 b.




1 000 b.




Sarflar:













Ishlab chiqarish:













O’zgaruvchi

700 sh.b.




500 sh.b.




Doimiy

700




700




Tijorat:













O’zgaruvchi

100




120




Ma’muriy:













Doimiy




400




400

Talab qilinadi: 1. Abzorpshen-kostingni qo’llanib, har yilgi foyda va zararlar to’g’risida hisobot tayyorlang
2. Direkt-kostingni qo’llanib, har yilgi foyda va zararlar to’g’risida hisobot tayyorlang
3. Yuqorida aytilgan usullardan foydalanish natijasida har yilgi olinadigan operatsion foydadagi farqni tushuntiring.
8-2. Mavis kompaniyasi standart xarajatlarga asoslangan abzorpshen-kosting usulidan foydalanadi. O’zgaruvchi ishlab chiqarish sarflari, materiallar sarflari qo’shilgan holda mahsulot birligi 3 sh.b. ni tashkil qildi; ishlab chiqarishning standart me’yori – bir soatda 10 birlik. Byudjet va haqiqiy doimiy ishlab chiqarish ustama sarflarining umumiy miqdori 420 000 sh.b.ni tashkil qiladi. Doimiy ishlab chiqarish ustama sarflari soatiga 7 sh.b. stavkasi bo’yicha taqsimlandi. (420 000/60,000 soat baza hajmi). Har bir birlik narxi 5 sh.b. Tovarning sotilgan birliklari hisobiga o’tkazilgan o’zgaruvchi tijorat sarflari va ma’muriy sarflar mahsulot birligiga 1 shartli birlikka teng bo’ldi. Doimiy tijorat va ma’muriy sarflar 120 000 sh.b.ni tashkil etdi. 2-yil davri boshida TMZ 30 000 birlikni, davr oxirida – 40 000 birlikni tashkil qildi. 2 – yilda sotilgan mahsulot hajmi 540 000 birlik.
Mahsulot birligiga standart sarflar 1-yilda ham, 2-yilda ham o’zgarmadi. Sodda bo’lishi uchun narxda og’ishlar, xarajatlar bo’yicha og’ishlar yoki ishlab chiqarish unumida o’zgarishlar bo’lmadi, deb tasavvur qiling.
Talab qilinadi: 1. Barcha taqsimlangan va taqsimlanmagan ustama sarflar yil oxirida sotiladigan mahsulot tannarxi bo’yicha tuzatish sifatida hisobdan chiqarilishini nazarda tutib, 2-yil uchun foyda va zararlar to’g’risida hisobot tayyorlang.
2. Kompaniya prezidenti direkt-kosting usuli mavjudligini eshitdi. U sizdan direkt-kostingdan foydalanilsa, 2-yil hisoboti qanday ko’rinishda bo’lishini ko’rsatishni so’radi.
3. 1- va 2-yil foydasidagi tafovutni izohlang.
4. Ishlab chiqarish doimiy ustama sarflari abzorpshen-kostingda qanday hisobga olinishini ko’rsatadigan jadval tayyorlang. Ya’ni jadvalda ikki liniya bo’ladi, biri- byudjet doimiy ustama sarflari (ular haqiqatan qilingan sarf hisoblanadi), ikkinchisi taqsimlash koeffitsienti uchun. Taqsimlangan va to’la taqsimlanmagan doimiy ustama sarflar jadvalda qanday ko’rsatilishi mumkinligini ko’rsating.
8-3. 2-vazifa shartlaridan foydalanilsin.
Talab qilinadi: 1. Direkt-kostingda mahsulot birliklarida zarar bo’lmaydigan nuqtani aniqlang.
2. Abzorpshen-kostingda mahsulot birliklarida zarar bo’lmaydigan nuqtani ko’rsating. Tushuntiring.
3. Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bazaviy xajmga teng deb tasavvur qiling, lekin mahsulot sira sotilmagan. Doimiy sarflar o’zgarishsiz qolgan. Biroq tijorat sarflari va ma’muriy sarflar bo’lmagan deb tasavvur qiling. a) direkt-kostingdan va b) abzorpshen-kostingdan foydalanib operatsiya foydasi miqdorini hisoblang. Javobdagi farqlarni izohlab bering.
8-4. Qattiq iqtisodiy tanazzul davri. Kompaniya filialining menedjeri nima qilishni bilmay qolgan. Uni bo’limi boshqaruv xarajatlariga xomiylik qilayotgan nazoratchi tashvishlantirmoqda, bu xarajatlar har qachongidan ko’p. Shu bilan bir vaqtda menejer ahvoldan chiqish uchun narxni kamaytirishga majbur bo’lmoqda.
Talab qilinadi: 1. Kompaniya ishlab chiqarish ustama sarflarini taqsimlash uchun foydalana oladigan bazaviy xajmni aniqlang.
2. Narx darajasini belgilash chog’ida sarflarga doir axborot yanada foydaliroq bo’lishi uchun ustama sarflar qanday taqsimlanishi lozim.
3. Ishlab chiqarishga sarflar, markaz taqdim etgan xarajatlar yillik TMZni kalkulyatsiyalash uchun qanoatlanarli bo’ladimi?
8-5. Schetlar bo’yicha quyidagi qoldiqlarni ko’rib chiqing: tugallanmagan ishlab chiqarish– 200 000 sh.b.; tayyor mahsulot – 800 000 sh.b.; sotilgan mahsulot tannarxi – 1 000 000 sh.b. Ishlab chiqarish hajmi bo’yicha og’ish 50 000 birlikni tashkil qildi, bu qulay. Boshqa barcha og’ishlar - 330 000 sh.b., bu ko’ngilsiz. Kompaniya ma’muriyati barcha og’ishlarni tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va sotilgan mahsulot qiymati bo’yicha tuzatish kiritilmagan qoldiqlariga mutanosib taqsimlashga qaror qildi.
Talab qilinadi: 1. Og’ishlarni mutanosib taqsimlash rejasini tayyorlash.
2. Barcha og’ish schetlarini yopadigan jurnal provodkasini tayyorlash.
3. Haqiqatan qilingan sarflarni ishlab chiqarilgan mahsulotga yaqinlashtirishga urinish mutanosib taqsimlash foydasiga asosiy dalildir. Bu misolda mutanosib taqsimlash chog’ida qanday noaniqlikka yo’l qo’yish mumkin? Izohlab bering.

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling