Takrorlash uchun savollar
Xarajatlarni to’la taqsimlab tannarxni kalkulyatsiya qilish bilan tannarxni o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha kalkulyatsiya qilish o’rtasidagi tafovutni tushuntirib bering?
Tannarxni o’zgaruvchi xarajatlar bo’yicha kalkulyatsiyalash (direkt- yoki veribl-kosting)ga ta’rif bering?
Xarajatlarni to’la taqsimlab kalkulyatsiyalash va tannarxni o’zgaruvchi xarajatlar bo’yicha kalkulyatsiyalashning foyda miqdoriga ta’sirini aniqlang?
Xarajatlarni to’la taqsimlab va o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha tannarxni kalkulyatsiya qilishni quvvatlovchi dalillarni tushuntirib bering?
31-BOB. SMETA TUZISH.
31.1. Asosiy smeta ta’rifi va byudjet turlari.
31.2. Smeta tuzishning afzalliklari va kamchiliklari.
31.3. Asosiy smetani tuzish jarayonlari.
Tayanch so‘z va iboralar: smeta, operativ reja, ma’muriy reja, strategik reja, byudjet, rejalashtirish, muvofiqlashtirish, aloqa, rag’batlantirish, nazorat, baho, o’qitish, operativ byudjet, sotuv byudjeti, tijorat sarflari byudjeti, ishlab chiqarish byudjeti, mehnat sarflari byudjeti, moliyaviy byudjet, kapital sarflar byudjeti.
31.1. Asosiy smeta ta’rifi va budjet turlari
Rejalashtirish nazorat bilan bir qatorda boshqaruvning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib, kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan xarakatlarni aniqlash jarayonidir.
Byudjetni rejalashtirish bu jarayonning eng batafsil darajasi bo’lib, bu tashkilotning tarkibiy bo’linmalari bo’yicha yoki faoliyat sohalari bo’yicha rahbariyat tasdiqlagan dasturlar asosida ishlab chiqilgan alohida byudjetlarni tayyorlash jarayonidir. Ba’zan bu atama ba’zan qabul qilingan strategiya doirasida korxona darajasida rejalashtirishning taktik maqsadlarini tanlashning yaxlit tizimi, kompaniyaning kelgusidagi opreatsiyalari rejasini (xarajatlar va daromadlar smetasini) ishlab chiqish va shu rejalar bajarilishini nazorat qilish, ya’ni mohiyat e’tibori bilan ichki moliyaviy boshqarish tizimi sifatida talqin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |