Tb = Mqt + Umd
bu erda,
Tb - transfert bahosi;
Mqt - mahsulotning ishlab chiqarish (o’zgaruvchan) tannarxi;
Umd - umumiy marjinal daromad.
34.4. Segmentlar bo’yicha daromad va xarajatlarni aniqlash
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar amaliyotida segmentlar bo’yicha daromad va xarajatlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Buxgalteriya hisobining 14-sonli «Segmentlar bo’yicha hisobot» nomli xalqaro standarti (BHXS)ga ko’ra, segmentar hisobotda birlamchi aks ettiriladigan quyidagi holatlar nazarda tutilishi lozim:
tashqi mijozlardan olinadigan daromadlar;
boshqa segmentlar bilan bo’ladigan muomalalardan olinadigan daromadlar;
aktivlarning balans summasi;
segmentlarning majburiyatlari;
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olish xarajatlari;
amortizatsiya xarajatlari;
assotsiatsiyalashgan kompaniyalar yoki qo’shma korxonalar faoliyatida ishtirok etishdan olingan sof foyda yoki zararlar va investitsiyalar hissasi;
daromadlar va xarajatlar, aktivlar va majburiyatlarni taqqoslash.
Segment daromadlari korxona segmentiga yoki umumiy tushum tarkibiga bevosita kiritilishi mumkin.
Segment daromadlariga quyidagi ko’rsatkichlar tegishli emas:
moliyaviy qo`yilmalarni sotishdan olingan foizlar, dividendlar va daromadlar (bunday daromadlar segmentning asosiy faoliyati bo’lgan hollar bundan mustasno);
favqulodda daromadlar (fors-major majburiyatlar).
Segment xarajatlariga quyidagilar kiritilmaydi:
qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qqyilmalar bo’yicha xarajatlar (ular segmentning asosiy faoliyati bo’lgan hol bundan mustasno);
daromad (foyda) solig`i;
favqulodda xarajatlar (fors-major majburiyatlari).
Korxonada ichki (segmentar) hisobotlarni buxgalter boshqaruv hisobi ma`lumotlariga asoslanib tuzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |