Takrorlash uchun savollar
Korxona biznes samaradorligini baholashda boshqaruv segmentar hisobotining ahamiyati nimalardan iborat?
Geografik segmentga ta’rif bering.
Xo‘jalik va geografik segmentlarning qanday farqli jihatlari mavjud?
Segmentlar bo‘yicha hisobotni tuzish qanday tamoyillarga asoslanadi?
Transfert baholari bo‘yicha segmentar hisobotni tuzish qanday xususiyatlarga ega?
Boshqaruv segmentar hisobotining qanday shakllari mavjud?
Segment xarajatlari nima?
Segment daromadlari nimalardan tashkil topadi?
35-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISHNING RIVOJLANISH YO’NALISHLARI
35.1. Boshqaruv hisobining me`yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish istiqbollari.
35.2. Boshqaruv hisobini isloh qilishning nazariy va amaliy jihatlari.
Tayanch so‘z va iboralar: transfert baho, baho siyosati, boshqaruv hisobi, vakillik xarajatlari, safar xarajatlari, devonxona xarajatlari, pochta xarajatlari.
Boshqaruv hisobining me`yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish istiqbollari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamiz korxonalarida boshqaruv hisobini samarali tashkil etish uning me`yoriy-huquqiy bazasini rivojlantirishga bevosita bog`liq.
Mamlakatimiz qonunchiligida xo’jalik yurituvchi sub`ektlarda boshqaruv hisobini yuritishning ayrim jihatlarini belgilab beradigan me`yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud. Ularni quyidagi jadvalda ifodalash mumkin (35.1.-jadval):
35.1.-jadval
O’zbekiston Respublikasida boshqaruv hisobini yuritishga doir
qabul qilingan asosiy qonun va me`yoriy xujjatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |