O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Korxonalarda segmentar hisobotni tuzish tamoyillari
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 4. 3. Segmentar hisobot javobgarlik markazlari faoliyatini baholashning asosi sifatida
34.2. Korxonalarda segmentar hisobotni tuzish tamoyillari
Mamlakatimiz va MDH hisob amaliyotida bunday tajribaning mavjud emasligini hisobga olgan holda, segmentar hisobot tuzishning ba`zi tamoyillarini ko’rib chiqish zarur: segmentar hisobot aniq manzilli, ishonchli, tushunarli, muhimlik kabi xususiyatlarni o’zida aks ettirishi hamda asosan xarajatlar, daromadlar, mahsulot sotish hajmini hisobga olishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim; ichki hisobot tezkorlik, ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik xususiyatlariga ega bo’lishi hamda menejerning rejalari, psixologiyasi va usulini nazarda tutishi kerak; segmentar hisobot ahamiyatli, haqqoniy, xolis taqdim etilgan bo’lishi, izchil va tugallangan bo’lib, javobgarlik markazi ishini yanada yaxshilashga yo’naltirilishi lozim; segmentar hisobotning shakllari va registrlarini tez-tez o’zgartirish maqsadga muvofiq emas, chunki bu holat ularning samaradorligini pasaytiradi; boshqaruvchiga minimal hajmdagi hamda murakkab hisob-kitoblarsiz, tizimlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim; hisobotning bosh maqsadi korxona jamoasini jipslashtirish, ularning salohiyatlarini korxona investitsiya loyihalari va biznes rejasini amalga oshirishga yo’naltirishi lozim. boshqaruv segmentar hisoboti korxona hisob siyosatiga muvofiq kelishi bilan birga moliyaviy hisobning xalqaro standartlari, hisob va hisobotning milliy standartlari, davlatimiz tomonidan qabul qilingan me`yoriy-huquqiy manbaga ham asoslanishi lozim. 34.3. Segmentar hisobot javobgarlik markazlari faoliyatini baholashning asosi sifatida Segmentlar bo’yicha hisobotni javobgarlik markazlari bo’yicha shakllantirilgan hisobot sifatida ta`riflash mumkin. Segmentlar (javobgarlik markazlari) bo’yicha hisobni tashkil etish zarurati munosabati bilan boshqaruv hisobida ularning chegaralarini quyidagi mezonlarga muvofiq belgilash lozim: mustaqil segment hisobotlari qanday ko’rinishda bo’lishi lozim (ya`ni, segmentar hisobot birliklarini ajratish mezoni); segmentlararo o’zaro hisob-kitoblarda bahoni shakllantirishning qaysi usuli qqllanilishi zarur; daromadlar va xarajatlar, aktivlar va majburiyatlarni segmentlarga taqsimlash uchun qanday asos mavjud bo’ladi? Mustaqil segment hisoboti shakllanishi shart-sharoitlari sifatida har bir xo’jalik va geografik segmentning ichki hisobotlaridan foydalanish lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona segmentlari o’rtasida ichki hisob-kitob narxlarini qrnatish ya`ni transfert baho hosil bo’lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi, bunda bitta javobgarlik markazi o’z mahsuloti yoki xizmatlarini boshqa javobgarlik markaziga uzatadi, natijada bo’linmalar o’rtasida qsib boruvchi tartibdagi baholar yuzaga keladi. Transfert baholari bo’yicha segmentar hisobotni tuzishda, transfert baholarni hisob-kitob qilishning quyidagi usullari tahlil qilinadi: bozor baholari asosidagi; tannarx (o’zgaruvchan yoki tqliq) asosidagi “tannarx plyus” tamoyili bo’yicha; shartnomaviy transfert baholari asosidagi (mahsulot ishlab chiqarish jarag`nida bozor kon`yunkturasi va xarajatlari ta`siri ostida). Bozor baholarini shakllanishi ob`ektiv xususiyatga ega bo’lgan sharoitda transfert bahosi ham javobgarlik markazlari menejerlarining va xaridorlarning munosabatlari hamda malakalariga bevosita bog`liq bo’lmaydi. Bu usulning zaif tomonini ham ta`kidlash lozim ya`ni uning joriy etilishi rivojlangan bozor muhitini talab qiladi, bundan tashqari korxona javobgarlik markazlari (segmentlari) ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ko’rsatiladigan xizmatlarga bozor baholarining darajasi to’g`risida axborot yig`ish uchun qo’shimcha xarajatlar qilishi lozim. “Tannarx plyus” nomli ikkinchi usulda kutilayotgan foyda miqdori ustiga ma`lum foiz qqyiladi. Masalan, bitta bo’linma mahsulot (ishlar, xizmatlar) tqliq tannarxining 110 %li hisob-kitobidan kelib chiqsa, boshqa segment esa segmentni uzatuvchi mahsulot birligiga o’zgaruvchan tannarxni 150 %li hisob-kitobidan kelib chiqishi mumkin. Uchinchi usul bo’yicha transfert baho hosil qilishda shartnomaviy bahoni aniqlashning quyidagi formulasidan foydalaniladi: Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling