2. Xitoy banklari bizga berayotgan qarzlar
Oxirgi ikki yilda Xitoyning ommaviy banklaridan yurtimiz banklari olgan kreditlar hajmi sezilarli darajada oshdi, bu esa ba’zi akademik doiralardatashvishuyg‘otdi. 2018 yil aprel va iyun oylari orasida O‘zbekistonning bir qator banklari Xitoy banklari bilan «ramochniy» bitim tuzib, 1 mlrd. AQSH dollaridan ortiq kredit shartnomalar imzolandi va moliyalashtirishning katta qismini SINOSURE
(Xitoyning eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi) sug‘urtasi bilan qoplandi. O‘zbekiston banklari ushbu hamkorlik doirasida bundan keyin 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga kredit mablag‘lari olishlari mumkin. Har bir loyiha uchun yakuniy shartlar alohida belgilanadigan bo‘ldi. Ushbu kredit liniyalari Xitoy pudratchilari tomonidan texnologik uskunalar va xizmatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, «Ipak yo‘li» Fondi O‘zbekistonning qadimiy shaharlarida qurilishga oid bir qator loyihalarni faol rag‘batlantirishni maqsad qilgan.
Ko‘ryapmizki, davlatimizning XXR va uning ommaviy banklaridan tashqi qarzlari xavotirlanadigan darajada katta emas. SHunday bo‘lsada, qarz miqdori yil sayin ortib boryapti. Bunday vaziyatda, avvalambor, qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalaridagi holat bizga o‘rnak bo‘lishi, tashqi qarzlarimiz diversifikatsiya qilinishi lozim, toki XXRga haddan ortiq bog‘lanib qolmaylik.
Nafaqat Xitoydan, balki har qanday moliyaviy institutlardan katta qarzlarni olishda ehtiyotkorona yondashish lozim. Men tanish bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, davlatimiz Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Evropa taraqqiyot va tiklanish banklaridan qarz olishda multi-vektor siyosat yuritayotgani uchun hozircha katta xavotirga o‘rin yo‘q.53
Prezident SHavkat Mirziyoev vaqtinchalik prezident vazifasini bajarishga kirishish paytidagi Oliy Majlis qo‘shma palatalari majlisidagi nutqida alohidata’kidlaganidek, «CHetdan qarz olish bo‘yicha konservativ yondashuv siyosatini davom ettirish, davlatning tashqi qarzi haddan ziyod oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim ahamiyat kasb etadi». Tashqi qarzimiz, ayniqsa davlat himoyasi ostida olinadigan suveren qarzlar yalpi milliy mahsulotimizning 30 foizidan oshmasligiga jiddiy ahamiyat bersak, foydadan xoli bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |