O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/54
Sana21.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1792751
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
Bog'liq
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019

 
 
2.8 Ko‘p qavatli sanoat binolarini temirbeton ustunlari 
Ko‘p qavatli bino sinchlarni o‘rnatishda balandligi bir, ikki va uch qavatga 
to‘g‘ri keladigan temirbeton ustunlar ishlatiladi. Bunday ustunlar kesimini 400x400 
va 400x600mm qilib olinadi (2.15–rasm). Ko‘p qavatli sanoat binolarida ustunlarni 
koordinastiya o‘qlarga bog‘lanishi 2.16–rasmda ko‘rsatilgandek olib boriladi.


40 
Ustunlarning rigellar bilan tutashadigan joylari tokchali (2.17–rasm) yoki 
tokchasiz bo‘lishi mumkin. Ustunlar bir birlari bilan o‘zaro har bir qavat poli sathida 
600–1000mm yuqorida tutashtiriladi (2.18–rasm). 
Hozirgi kunda qurilishda yuqori sinfli betonlarni (V40 va undan yuqori) qo‘llash 
hamda to‘rt burchakli kesimni qo‘shtavr profildagi kesimga almashtirish natijasida 
betonni 25–30% tejash va ustun narxini 7–15% tushirish mumkin ekan. 
Bir qavatli sanoat binolarida po‘lat ustunlar kesimi ustun balandligi bo‘yicha 
o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida o‘zgaruvchan keismli 
bo‘lgan ustunlarni kran osti qismi yaxlit yoki teshikli kesimga ega bo‘lishi mumkin 
(2.19–rasm). Teshik kesimga ega bo‘lgan ustunlar o‘z navbatida bog‘lanishlar bilan 
bog‘langan (bog‘langan mahkamlangan) tarmoqli (shohli) ustun alohida ishlovchi 
fazoviy (shatrovoy) va kranosti tarmoqlari (shohlari) iborat bo‘lgan ajratilgan 
ustunlarga bo‘linadi. 
2.15–rasm. Ko‘p qavatli binolarda ishlatiladigan temirbeton konstruksiyalar 
a, б – chekka qatorlarda (a) va o‘rta qatorlarda (б) ishlatiladigan bir qavatli ustun
в,г – bular ham, ikki qavatli to‘ri; д, e – trapediya (д) va to‘g‘ri burchak (e) kesimli to‘sinlarning 
ostki tomonidan ko‘rinishi; ж – qavatlararo orayopmasi plitasining ostki tomondan ko‘rinishi. 


41 
Balandligi bo‘yicha kesimi o‘zgarmas po‘lat ustunlarni balandligi 9,6m gacha 
bo‘lgan hamda 20t gacha yuk ko‘taruvchi kranlar bilan jihozlangan binolarda 
qo‘llaniladi. Bunday ustunlar asosan markaziy siqilishga ishlab, asosan keng tokchali 
prokat qo‘shtavrlardan tayyorlanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling