76
qalinligi 5,5 mm ni tashkil qiladi. Shveller profilidagi
turlarni maxsus klyamerlar
bilan, qutisimon profilidagi turlarini esa siqadigan ustquymalar bilan mahkamlab
qo‘yiladi. Bunda chok va yoriqlar maxsus germetiklar (GS–1, TM–0,5, AM–0,5) va
surgich (zamaskalar) (NG–16) yordamida berkitiladi.
Shisha temirbeton devor
panellarini ham temirbeton devor panellarini ustunlarga mahkamlanish kabi usullarda
qotiriladi.
2.26 Yorug‘lik va aerastiya fonarlari
Ko‘p oraliqli sanoat binolarida deraza o‘rnida ma’lum bir uzoqlikdagi
maydonlarni yoritish shamollatish uchun bino tom qismida oynalangan derazalar –
fonarlar ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Vazifasiga ko‘ra fonarlar yorug‘lik, aerastiya va
aralash turlariga bo‘linadi. Ko‘ndalang kesimi ko‘rinishiga qarab fonarlar to‘g‘ri
to‘rtburchak, uchburchak trapestiya shaklidagi va “M” ko‘rinishidagi, zenit (tikkaga
qaratilgan) va shedovik (arrasimon) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (7.50–rasm).
Ko‘pgina hollarda bino bo‘ylamasi bo‘yicha joylashgan
fonarlar ishlatiladi va
ular bino to‘risiga ikki tomondan 6,0 yoki 12 m etmaydi. Fonarlarning turlarini va
o‘lchamlarini yorug‘lik
faolligi, qurilish joyi iqlimi sharoiti, bino ichki harorat–
namlik rejimi, bino inter’eri va tejamkorlik ko‘rsatkichlariga qarab tanlanadi.
Unifikastiya qilingan fonarlar kengligi 6,0 va 12, hamda 18 m bo‘lib tavaqasi
nominal balandligi 1,25: 1,5 va 1,75 m qilib qabul qilingan. Yorug‘lik
fonarlari
ko‘taruvchi va to‘suvchi konstruksiyalardan iborat bo‘ladi. Fonar ko‘taruvchi
konstruksiyalarini po‘lat, temirbeton va yog‘och ramalardan loyihalanadi. Fonarlarni
ko‘proq po‘lat tavaqali turlari ishlatiladi (2.51–rasm).