O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti


–rasm. Garderob – dush bloki ayrim rejalarining sxemasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/54
Sana21.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1792751
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Bog'liq
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019

2.63–rasm. Garderob – dush bloki ayrim rejalarining sxemasi. 
a – markaziy bo‘ylama – joylashgan; б – bunda ham, ko‘ndalang – markaziy joylashgan; 
в – bunda ham, alohida seksiyali; 1 – erkaklar ko‘cha kiyimi uchun garderob; 
2 – bu ham, ish kiyimi uchun; 3 – ishlab chiqarishdan qaytayotgan ishchilar oqimi; 
4 – ayollarning ish kiyimi garderobi; 5 – bu ham uy kiyimi uchun; 
6 – ishlab chiqarishdan qaytayotgan kishilar oqimi; 7 – dushxona. 
Dushxonalar garderoblar bilan yonma – yon joylashtiriladi. Dushxonalarda 
artinish va kiyinish uchun mo‘ljallangan dushxona oldi ko‘zda tutiladi. Dushxonalar 
bir va ikki qator joylashgan ochiq kabinalar bilan jihozlanadi. Bu kabinalarni bir–
biridan balandliklari 1,6 m bo‘lgan va poldan 0,2 m yuqorida joylashuvchi, namlikka 
chidamli materiallardan qilingan parda devorlar bilan ajratiladigan bo‘ladi. 


94 
Ochiq dushxonalarni o‘lchamlari 0,9x0,9 m, yopiq dushxonalarni reja 
o‘lchamlari esa 0,9x1,8 m qilib olinadi. 
Dushxona katakchalari sonini ish sxemasiga to‘g‘ri keladigan eng ko‘p ishchilar 
sonini bir katakchaga to‘g‘ri keladigan hisobiy kishilar soniga bo‘lib va ishlab 
chiqarish jarayoni guruhiga ko‘ra aniqlanadi. 
Misol uchun II (b, g, d) va III guruhlar uchun 3 kishiga bitta dush katagi, 1 (v), 
II (v, e) va IV (a, b) guruhlar uchun 5 kishiga bitta dush katagi, II (a) – kishiga va 1 
(b) – 15 kishiga bitta dush katagi to‘g‘ri keladi. 
Bitta xonaga to‘g‘ri keladigan (joylashtirilgan) dush kataklari soni 30 ta dan 
ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Yuvinadigan xona (bet, qo‘l yuvadigan xona) ish kiyimi saqlanadigan 
garderobxona bilan yonma–yon joylashtiriladi, ayrim hollarda esa to‘g‘ridan–to‘g‘ri 
garderobxona ichida joylashtiriladi, bunda garderob bilan jihoz orasidagi masofa 2 m 
dan kam bo‘lmasligi kerak. Ularni soni ish smenasiga to‘g‘ri keladigan eng ko‘p 
ishchilar soni bo‘yicha belgilanadi. Masalan 1 (a, v), II (g), III (a) va IV (v) guruhlari 
uchun 7 kishiga bitta bet–qo‘l yuvadigan jihoz, 1 (b), III (b, v, g) va IV (a) uchun 15 
kishiga bitta jihoz hamda II (a, b, d, e) uchun 20 kishiga bitta jihoz to‘g‘ri keladi. 
Ishchilar ishi davomida tebranadigan (vibrastiya) jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan 
sohada ishlasa, u holda dushxona oldi va yuvinadigan xonalarida qo‘l va oyoq 
vannalari ko‘zda tutiladi. 


95 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling