O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019
3.2 Binolarning zilzilabardoshligi , hajmiy–tarhiy va konstruktiv yechimlarining xususiyatlari Zilzilabardoshlik deb, bino va inshootlarni zilzila ta’siriga chidamliligini ta’minlashga aytiladi. Zilzilaviy hududlarda binolarni yetarlicha zilzilabardoshligini ta’minlash uchun uning konstruksiyalariga faqat oddiy kuchlar ta’sirini hisobga olmasdan, balki yer qimirlash natijasida hosil bo‘ladigan va takrorlanib turuvchi harakterga ega bo‘lib, har xil yo‘nalishda ta’sir etishi mumkin. Qurilish me’yorlari hisoblash ishlarini osonlashtirish maqsadida bino eng katta va eng kichik birligiga to‘g‘ri keluvchi simmetriya o‘qlari bo‘yicha yo‘nalgan birgina gorizontal seysmik kuchlarni hisobga olishni tavsiya etadi. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini shahar qurilish, hajmiy- tarhiy va konstruktiv tadbirlarni amalga oshirish orqali ta’minlash mumkin. Yer qimirlaydigan hududlarda aholi yashaydigan joy rejalashtirish masalalarni echishda maydon ko‘proq ko‘kalamzorlashtirilgan zonalardan va binolar oralig‘ida katta bo‘shliq joylar qoldirilgan bo‘lishi kerak. Bu tadbir va talablar asosan yong‘inga qarshi tadbir hisoblanib, yong‘in tarqalishini oldi olinadi. Bulardan tashqari me’yorlar bo‘yicha ko‘cha kengligi va binolar oralig‘ini 15–20% kattaroq qilib olinadi. Bino va inshootlar loyihasini ishlab chiqishda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilish talab etiladi. Hajmiy–tarhiy va konstruktiv yechimlar simmetriya hamda massa birlikni barobar taqsimlanishi shartlarini qoniqtirish kerak. 100 Agar bino vazifasiga va me’moriy–tarhiy talablariga ko‘ra nosimmetrik va murakkab shaklda qurilish talab etilgan bo‘lsa, bunda bino tarhini antiseysmik choklari bilan oddiy shakllarga ega bo‘lgan bo‘laklarga bo‘lib chiqiladi. Bu choklar o‘lchamlari me’yorda ko‘rsatilgandan katta bo‘lgan bino tarhlarini alohida qismlarga ajratishda qo‘llaniladi. Devorlari yuk ko‘taruvchi bo‘lgan binolarda antiseysmik choklar qo‘shdevor o‘rnatish bilan sinchli binolarda esa yonma–yon ramalar o‘rnatish orqali hosil qilinadi. Choklar eni elementlari erkin gorizontal siljishlarni ta’minlashi kerak. Poydevorda choklar, agarda bir vaqtni o‘zida cho‘kish choki bo‘lmasa, qoldirilmasa ham bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling