O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019
98 III BOB. MAXSUS GEOFIZIK SHAROITGA EGA BO‘LGAN HUDUDLARDAGI QURILISHLAR 3.1 Zilzilaviy hududlarda qurilishlar Maxsus geofizik sharoitlarga ega bo‘lgan joylardagi qurilish deganda binolarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish chog‘ida ularni buzilishiga hamda sanitariya gigiena holatlarini yomonlashishiga olib keluvchi qo‘shimcha ta’sirini hisobga oluvchi qurilishlar tushuniladi. Bunday qo‘shimcha ta’sirini ko‘proq tarqalganlaridan biri уer silkinishi natijasida hosil bo‘luvchi zilzila (seysmik) ta’siri hisoblanadi. Zilzila deb vulqon otilishi erning qatlamlarida tog‘ jinslarining bir– birlariga nisbatan surilishi natijasida kelib chiqadigan tektonik jarayonlar natijasida уer sirtqi qatlamining elastik silkinishiga aytiladi. Zilzila kuchi ballarda o‘lchanadi. Ko‘p davlatlarda zilzila kuchi uchun 12 balli shkala qabul qilingan. Zilzila kuchi 6 ballgacha bo‘lganda bino va inshootlarga zarar etmaydi. Bunday hollarda bino konstruksiyalari yoki devor sirtlarida alohida yoriqlar hosil bo‘ladi va asosan bino pardoz qismi zarar ko‘rishi mumkin. Zilzila kuchi 6 ball bo‘lganda u kuchli hisoblanib, bunda suvoqlar to‘kilishi, o‘rab turuvchi konstruksiyalarda havfli bo‘lmagan yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin. Zilzila kuchi 7 ball va undan ortiq bo‘lgan zilzilalar xavfli hisoblanadi. Bunda binolarga ko‘proq ziyon yetkazilib binolar buzilishi yoki ularning ayrim qismlari qulab tushishi mumkin. Уer silkinishi natijasida уer qatlamidagi jinslarning buzilishi va ularda katta qoldiq deformatsiyalar ko‘zga tashlanadi. Siljish jarayoni boshlangan уer qobig‘idagi cheklangan maydonni zilzila gipostentra (yoki fonusi) deb ataladi. Fonusni уer sirtidagi proekstiyasi epistentr deb ataladi. Epistentrdan уer sirtidagi har qanday nuqtagacha bo‘lgan masofani epistentral masofa deb ataladi. Epistentral zonalardagi vertikal tashkil etuvchilar gorizontal tashkil etuvchilardan ortiq bo‘ladi va u epistentrdan uzoqlashgan sari kamayib boradi. Bunda gorizontal tashkil etuvchi asosiy bo‘lib qoladi, bu esa bino va inshootlar uchun havfli bo‘ladi. 99 Уer silkinishi mumkin bo‘lgan hududlarda quriladigan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha alohida talablar qo‘yiladi. Loyihalashda zilzila darajasini me’yorlar yordamida aniqlanadi va loyihalanayotgan bino uchun hisoblangan zilzilabardoshlik qiymati belgilanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling