O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti


–rasm. Ayrim maishiy xonalarni joylashtirishga doir misollar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/54
Sana21.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1792751
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Bog'liq
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019

2.64–rasm. Ayrim maishiy xonalarni joylashtirishga doir misollar. 
Ishlab chiqarish jarayoni guruhi 1 (b), II (a) bo‘lgan hollarda har bir 50 kishi 
uchun bitta oyoq vannasi, 1 (v), II (v, e) guruhlari uchun esa har bir 40 kishi uchun 
bitta vanna belgilanadi. 
Hojatxonalarni ish joyidan 75 m dan uzoq bo‘lmagan masofalarda 
joylashtiriladi. Ko‘p qavatli sanoat binolarida hojatxonalar har bir qavatda joylashgan 
bo‘ladi. Hojatxonaga kirish o‘zi yopiladigan eshik bilan jihozlangan dahlizlar orqali 
o‘tiladi. Dahlizlarda bet–qo‘l yuvadigan jihozlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Ularning soni 
har bir 4 xojatxona kabinasi uchun bitta yuz–qo‘l yuvadigan jihoz o‘rnatiladi. 
Hojatxonalar unitazlar yoki polga o‘rnatilgan “chashka”lar bilan jihozlangan 
bo‘ladi. Erkaklar xojatxonalarida bulardan tashqari “pissuar”lar ham o‘rnatilgan 


96 
bo‘ladi. Xojatxona kabinalari o‘lchamlari 0,9x1,2 m, balandligi esa 1,8 m qilib 
olinadi. 
2.65–rasm. Ma’muriy–maishiy binosini hajmiy–tarhiy yechimlariga doir misollar. 
Boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan maishiy xonalarni ham shu yo‘sinda qurilish 
me’yorlari va qoidalari ShNQ asosida loyihalanadi. Ma’muriy–maishiy binolarni 
ko‘pincha sinchli turda loyihalanib, jamoat binolarida ishlatiladigan konstruktiv 
elementlardan quriladi. Ular ikkinchi sinfga to‘g‘ri keluvchi bino turiga mos keladi 
(1.65–rasm). 
 
 
 


97 
2.30 Sanoat korxonalarining bosh tarhlari 
 
Sanoat korxonalari bosh tarhini texnologik talablar va ko‘zda tutilgan bino 
rejalari hamda shahar qurilishiga bog‘langan holda loyihalanadi. 
Korxona bosh tarhini loyhalashda QMQ asosida quyidagilarga amal qilinadi: 
shamol yo‘nalishini aniqlash; korxonani asosiy yo‘llar bilan bog‘lash; korxonaning 
hududini funksional zonalarga bo‘lib chiqish va undan to‘liq foydalanish; bino va 
inshootlar orasidagi masofani mumkin qadar qisqa bo‘lishini ta’minlash hamda ular 
orasidagi yo‘llar, injenerlik tarmoqlarini me’yor talablariga javob berishiga erishish; 
binolar orasidagi masofalarni yong‘inga qarshi talablar zaminida qoldirish hamda 
sanitariya me’yor va qoidalariga amal qilish kabilardir. Shular bilan birga, issiqlik
gaz bug‘ quvurlari va elektr tarmoqlarini korxona iste’molchilariga yaqin bo‘lishiga 
erishish, hamda korxona maydonini obodonchiligi va ko‘kalamzorligi ta’minlangan 
bo‘lishi kerak. Bosh tarh loyihasi chizmasida texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
keltirilgan bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar korxona hududining umumiy maydoni (ga), 
qurilgan bino va inshootlar maydoni(ga), ochiq omborxonalarning maydoni(ga), 
qurilish chizig‘i (bino, inshoot va ochiq omborxonalarning maydonini korxona 
territoriyasi maydoniga nisbatan, %), ko‘kalamzor maydoni (ga) va avtomobil hamda 
temir yo‘llarning egallagan maydoni(m
2
) va uzunligi (PM) bilan belgilanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling