96
bo‘ladi. Xojatxona kabinalari o‘lchamlari 0,9x1,2 m, balandligi esa 1,8
m qilib
olinadi.
2.65–rasm. Ma’muriy–maishiy binosini hajmiy–tarhiy yechimlariga doir misollar.
Boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan maishiy xonalarni ham shu yo‘sinda qurilish
me’yorlari va qoidalari ShNQ asosida loyihalanadi. Ma’muriy–maishiy binolarni
ko‘pincha
sinchli turda loyihalanib, jamoat binolarida ishlatiladigan konstruktiv
elementlardan quriladi. Ular ikkinchi sinfga to‘g‘ri keluvchi bino turiga
mos keladi
(1.65–rasm).
97
2.30 Sanoat korxonalarining bosh tarhlari
Sanoat korxonalari bosh tarhini texnologik talablar va ko‘zda
tutilgan bino
rejalari hamda shahar qurilishiga bog‘langan holda loyihalanadi.
Korxona bosh tarhini loyhalashda QMQ asosida quyidagilarga amal qilinadi:
shamol yo‘nalishini aniqlash; korxonani asosiy yo‘llar bilan bog‘lash;
korxonaning
hududini funksional zonalarga bo‘lib chiqish va undan to‘liq foydalanish;
bino va
inshootlar orasidagi masofani mumkin qadar qisqa bo‘lishini ta’minlash hamda ular
orasidagi yo‘llar, injenerlik tarmoqlarini me’yor talablariga javob berishiga erishish;
binolar orasidagi masofalarni yong‘inga qarshi talablar
zaminida qoldirish hamda
sanitariya me’yor va qoidalariga amal qilish kabilardir. Shular bilan birga,
issiqlik,
gaz bug‘ quvurlari va elektr tarmoqlarini korxona iste’molchilariga yaqin bo‘lishiga
erishish, hamda korxona maydonini obodonchiligi va ko‘kalamzorligi ta’minlangan
bo‘lishi kerak. Bosh tarh loyihasi chizmasida texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlar
keltirilgan bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar korxona hududining umumiy maydoni (ga),
qurilgan bino va inshootlar maydoni(ga), ochiq omborxonalarning maydoni(ga),
qurilish chizig‘i (bino, inshoot va ochiq omborxonalarning maydonini korxona
territoriyasi maydoniga nisbatan, %), ko‘kalamzor maydoni (ga) va avtomobil hamda
temir yo‘llarning egallagan maydoni(m
2
) va uzunligi (PM) bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: