91
xonasi, kiyimlarni
changdan tozalash xonasi, ishchilarning ichinish xonasi,
tibbiyot
punktlari, konstruktorlik va boshqa xonalar kiradi.
Maishiy binolarni 4 guruhga ajratiluvchi jarayonlari sanitariya xususiyatlariga
asosan loyihalanadi:
1. Me’yoriy metrologik sharoitida o‘tuvchi va zararli gaz, chang ajratishdan holi
ishlab chiqarish jarayonlari (2.62-rasm a, б, в).
2. Yomon (buzuq) metrologik sharoit ostida o‘tuvchi
va chang ajratuvchi yoki
og‘ir fizik mehnat talab qiluvchi ishlab chiqarish jarayonlari (2.62-rasm a, б, в, г, д,
e).
3. Ishlab chiqarish jarayonlari davomida zararli omillari yaqqol ko‘rinadigan va
yoki ishchi badanini yoki maxsus ish kiyimini ifloslanishiga olib keluvchi hol (a, б, в,
г, д, e).
4. Mahsulot sifatini ta’minlovchi alohida (maxsus) rejimni talab etuvchi ishlab
chiqarish jarayoni (a, б, в) (sut korxonalari, oziq–ovqat sanoati).
Garderoblar va ular bilan
birga joylashtirilgan dushxona, dushxona oldi,
xojatxona va garderob blokini tashkil etuvchi boshqa
sanitar maishiy xizmat
xonalarini erkaklar va ayollar uchun alohida loyihalanadi (2.63–rasm).
92
2.62–rasm. Ma’muriy–maishiy binolarni konstruktiv yechimlari.
a – tashqi devor bo‘yicha qirqimda; б – ustun tokchasiga rigellarning tutashishi; в – tom
bog‘lovchi plitalarni qotirish; г – devor panellarini ustunlarga qotirish; д – devor panellarini
qotirish. 1 – bog‘lovchi sterjen; 2 – rigel; 3 – rigel quyma detali; 4 – ustun; 5 – yuqori biriktiruvchi
element; 6 – beton; 7 – bog‘lovchi plita; 8 – devor paneli; 9 – devor oldi (chekka) plita.
Garderoblar ko‘cha ish kiyim boshlarini saqlanishi hisobga olib loyihalanadi.
Garderoblarni yopiladigan shkaf va ko‘tarilib qo‘yiladigan o‘tirgich bilan jihozlanadi.
Ularning o‘lchamlari 50x50 (40x50), uch seksiyali garderoblarning o‘lchamlari esa
93
33x50 sm qilib olinadi. Garderob materiali metall yoki yog‘ochdan iborat bo‘ladi.
Yog‘och shkaflarni (yopiladigan) uch, to‘rt va sakkiz
seksiyali bloklardan tuzilib,
o‘lchamlari 33x50 va 40x50 sm, balandligi 167 yoki 189 sm ga teng bo‘ladi (2.64–
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: