94
Ochiq dushxonalarni o‘lchamlari 0,9x0,9 m,
yopiq dushxonalarni reja
o‘lchamlari esa 0,9x1,8 m qilib olinadi.
Dushxona katakchalari sonini ish sxemasiga to‘g‘ri keladigan eng ko‘p ishchilar
sonini bir katakchaga to‘g‘ri keladigan hisobiy kishilar soniga bo‘lib va ishlab
chiqarish jarayoni guruhiga ko‘ra aniqlanadi.
Misol uchun II (b, g, d) va III guruhlar uchun 3 kishiga bitta dush katagi, 1 (v),
II (v, e) va IV (a, b) guruhlar uchun 5 kishiga bitta dush katagi, II (a) – kishiga va 1
(b) – 15 kishiga bitta dush katagi to‘g‘ri keladi.
Bitta xonaga to‘g‘ri keladigan (joylashtirilgan) dush kataklari soni 30
ta dan
ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yuvinadigan xona (bet, qo‘l yuvadigan xona) ish kiyimi saqlanadigan
garderobxona bilan yonma–yon
joylashtiriladi, ayrim hollarda esa to‘g‘ridan–to‘g‘ri
garderobxona ichida joylashtiriladi, bunda garderob bilan jihoz orasidagi masofa 2 m
dan kam bo‘lmasligi kerak. Ularni soni ish smenasiga to‘g‘ri keladigan eng ko‘p
ishchilar soni bo‘yicha belgilanadi. Masalan 1 (a, v), II (g), III (a) va IV (v) guruhlari
uchun 7 kishiga bitta bet–qo‘l yuvadigan jihoz, 1 (b), III (b, v, g) va IV (a) uchun 15
kishiga bitta jihoz hamda II (a, b, d, e) uchun 20 kishiga bitta jihoz to‘g‘ri keladi.
Ishchilar ishi davomida tebranadigan (vibrastiya) jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan
sohada ishlasa, u holda dushxona oldi va yuvinadigan xonalarida qo‘l
va oyoq
vannalari ko‘zda tutiladi.