O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/54
Sana21.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1792751
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019

 
 
3.2 Binolarning zilzilabardoshligi , hajmiytarhiy va konstruktiv 
yechimlarining xususiyatlari 
 
Zilzilabardoshlik deb, bino va inshootlarni zilzila ta’siriga chidamliligini 
ta’minlashga aytiladi. Zilzilaviy hududlarda binolarni yetarlicha zilzilabardoshligini 
ta’minlash uchun uning konstruksiyalariga faqat oddiy kuchlar ta’sirini hisobga 
olmasdan, balki yer qimirlash natijasida hosil bo‘ladigan va takrorlanib turuvchi 
harakterga ega bo‘lib, har xil yo‘nalishda ta’sir etishi mumkin. 
Qurilish me’yorlari hisoblash ishlarini osonlashtirish maqsadida bino eng katta 
va eng kichik birligiga to‘g‘ri keluvchi simmetriya o‘qlari bo‘yicha yo‘nalgan birgina 
gorizontal seysmik kuchlarni hisobga olishni tavsiya etadi. 
Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini shahar qurilish, hajmiy- tarhiy va 
konstruktiv tadbirlarni amalga oshirish orqali ta’minlash mumkin. Yer qimirlaydigan 
hududlarda aholi yashaydigan joy rejalashtirish masalalarni echishda maydon 
ko‘proq ko‘kalamzorlashtirilgan zonalardan va binolar oralig‘ida katta bo‘shliq joylar 
qoldirilgan bo‘lishi kerak. Bu tadbir va talablar asosan yong‘inga qarshi tadbir 
hisoblanib, yong‘in tarqalishini oldi olinadi. Bulardan tashqari me’yorlar bo‘yicha 
ko‘cha kengligi va binolar oralig‘ini 15–20% kattaroq qilib olinadi. 
Bino va inshootlar loyihasini ishlab chiqishda quyidagi asosiy qoidalarga amal 
qilish talab etiladi. 
Hajmiy–tarhiy va konstruktiv yechimlar simmetriya hamda massa birlikni 
barobar taqsimlanishi shartlarini qoniqtirish kerak. 


100 
Agar bino vazifasiga va me’moriy–tarhiy talablariga ko‘ra nosimmetrik va 
murakkab shaklda qurilish talab etilgan bo‘lsa, bunda bino tarhini antiseysmik 
choklari bilan oddiy shakllarga ega bo‘lgan bo‘laklarga bo‘lib chiqiladi. Bu choklar 
o‘lchamlari me’yorda ko‘rsatilgandan katta bo‘lgan bino tarhlarini alohida qismlarga 
ajratishda qo‘llaniladi. Devorlari yuk ko‘taruvchi bo‘lgan binolarda antiseysmik 
choklar qo‘shdevor o‘rnatish bilan sinchli binolarda esa yonma–yon ramalar o‘rnatish 
orqali hosil qilinadi. Choklar eni elementlari erkin gorizontal siljishlarni ta’minlashi 
kerak. Poydevorda choklar, agarda bir vaqtni o‘zida cho‘kish choki bo‘lmasa, 
qoldirilmasa ham bo‘ladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling