84
marshi eni 1350, 1500 va 1750 mm, ko‘tarilish balandligi 1,2 m dan 2,1 m gacha
qabul qilinadi.
2.54–rasm. Ko‘p qavatli sanoat binosi zinalari.
a – ikki marshli (yaxlit marshli); б – uch marshli, alohida bosqichlari kosourlar ustiga qo‘yilgan.
1 – kosour; 2 – qo‘l ushlagich (panjara); 3 – balka (to‘sin); 4 – lift.
Xizmat zinalari – xizmat (ish) maydoni bilan aloqa qilish uchun, ko‘prik kranlar
kabinasiga ko‘tarilish uchun muhim qurilish konstruksiyalarini ko‘zdan
kechirib
turish uchun o‘rnatiladi. Ularni po‘lat konstruksiyalardan tayyorlanadi (2.55, 2.56,
2.57–rasmlar).
Yong‘in paytida foydalaniladigan zinalarning asosiy vazifasidan tashqari sanoat
binolarining balandliklari har xil bo‘lgan joylarda va fonarlarning to‘ri qismida
o‘rnatiladi. Avariya zinalari kishilarni yong‘in va avariya yuz bergan paytda binodan
evakuatsiya qilishda, asosiy zinalardan foydalanishning iloji bo‘lmay qolgan taqdirda
85
ishlatiladi. Bunday zinalarni eng uzoq ish joyidan to chiqish joyigacha bo‘lgan
masofasi 30 m dan 100 m gacha bo‘lib, ishlab
chiqarish kategoriyasiga, bino
qavatiga, o‘tga chidamliligiga bog‘liq bo‘ladi. Ular po‘lat yoki temirbetondan
tayyorlanib, bino tashqarisiga ko‘p marshli konstruksiyada o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: