O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti


–rasm. Shisha plastikali kupollardan ishlangan zenit fonarlarining konstruksiyalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/54
Sana21.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1792751
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Bog'liq
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019

2.52–rasm. Shisha plastikali kupollardan ishlangan zenit fonarlarining konstruksiyalari. 
a – bo‘ylama kesimi; б – tayanch qismi detali. 1–kupol; 2 – yopma plitasi; 3 – keramzitobeton 
plita; 4 – chetini o‘rovchi metall rama; 5 – rezina osti quyma; 6 – qotiruvchi boltlar;
7 – ruhlangan tunukadan ishlangan fartuk; 8 – issiq–sovuqdan saqlagich. 
Aerastiya uchun zenit fonarlaridan ham foydalanilmoqda. Bunda “kolpak”lari 
ochiladigan yoki uning stakan qismida maxsus yoriqlar qoldirilib, ularni jalyuzalar 
yordamida tartibga solinib turiladi. 
 
 
2.27 Sanoat binolari pollari 
Pollar konstruktiv element hisoblanib, ular har doim ekspluatatsiya ta’siri ostida 
bo‘ladi. Pollarning narxi bir qavatli sanoat binosi narxining 5–25% ko‘p qavatli 
sanoat binolarida esa 5–12 foizni tashkil qiladi. Ularni QMQ “pollar, qurilish 
me’yorlari va qoidalari” talablari bo‘yicha loyihalanadi. 
Pollarning turlari va konstruktiv yechimlarini tanlashda, avvalambor ularga 
ta’sir etadigan ishlab chiqarish harakteri va ekspluatatsiya mustahkamligini hamda 
uning xizmat muddatini oshirishni ta’minlovchi talablar bajarilishi kerak. Shuning 
uchun ham sanoat binolari pollari yuqori mustahkamlikka ega bo‘lishi, tekis va silliq 
yuzaga ega bo‘lishi sirpanmaydigan bo‘lishi, yaxshi elastiklikka ega bo‘lgan 


80 
(buyumlarni 
urilishidan 
shikastlanmaydigan), 
ovoz 
chiqarmaydigan, 
suv 
o‘tkazmaydigan, o‘tga chidamli, tajovuzkor himoyali moddalar ta’siriga chidamli, 
kerak bo‘lganda tez almashtirish va kam mehnat sarfi bilan ta’mirlanishi, industrial 
oson tozalanuvchi va o‘z ko‘rinishini uzoq vaqt saqlab turuvchi bo‘lishi kerak. 
Odatda birinchi qavat pol sathi uchastka maydonini rejalashtirilgan belgisidan 
150 mm yuqori bo‘lishi kerak. Yer osti suvlari sathi yuqori bo‘lgan hollarda pol sathi 
rejalashtirilgan belgisidan 500 mm gacha yuqori ko‘tarilishi mumkin. Pollar yopma 
materiallar bo‘yicha nomlanadi. Yopma konstruksiyasi va ularni o‘rnatish usuliga 
ko‘ra donali yoki yaxlit turlarga ajratiladi (2.53–rasm). 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling