75
2.25 Devorlardagi deraza o‘rnini tavaqasiz derazalar bilan to‘ldirish
Keyingi yillarda xona ichini yoritishda deraza o‘rnini shisha blok va
profillangan shishalar yordamda to‘ldirish anchagina tejamlikka olib kelmoqda.
Ular yaxshigina yorug‘lik texnika xususiyatlarga ega bo‘ladi hamda bino ichida
engil taralgan yorug‘lik hosil qiladi, shu bilan birgalikda
ularning yetarlicha
mustahkamlikka ega bo‘lishligi, o‘tga chidamliligi, yaxshigina ovoz izolyatsiyasiga
va uzoq vaqt ekspluatatsiya
qilinishi mumkinligi, issiqlik radiastiyasini o‘tishini
kamaytirib, issiqlik uzatish qarshiligini oshirish bilan boshqa qurilish materiallaridan
farq qiladi. Ularning yana bir xususiyatlaridan biri gigiena talablariga javob berishi,
tozalashni oson va ishlatilish davrida kam harajatliligidir. Bunday bloklarning
o‘lchamlari: 194x194x98(60), 294x294x98 va 394x394x60 mm bo‘lib,
shisha blok
Panellarning uzunligi esa 5980mm balandligi 1185, 1785 va 2385 mm qilib olinadi.
Kelajakda sanoat binolarida deraza o‘rnini to‘ldirishda profillangan shisha
materiallarini keng ko‘lamda qo‘llanilishi kutilmoqda (2.49–rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: