89
2.60–rasm. Sanoat binosi darvozasining konstruksiyasi.
Ish maydonchalari stex ichidagi texnologik asbob –
uskunalar bilan ishlashda
ma’lum qulayliklar yaratish uchun maxsus maydonchalar quriladi.
Maydonchalar to‘sin, yopma plitalar va to‘siqlardan iborat bo‘ladi.
Ularni
maxsus ustunlarga yoki
tayanchlarga montaj qilinadi,
ularning materiali metalldan,
yig‘ma va quyma temirbetondan bo‘lishi mumkin.
2.29 Sanoat korxonalari ma’muriy – maishiy binolarini loyihalash
Sanoat binolarini loyihalashda ishchi va xizmatchilarga sanitar–maishiy va
ma’muriy–madaniy xizmat qilishda qulay sharoit yaratish muhim ahamiyatga egadir.
Sanoat korxonalari ma’muriy–maishiy binolarini loyihalash QMQ “Ma’muriy va
maishiy binolari” zaminida amalga oshiriladi.
90
Bunday binolarni sanoat binolaridan alohida turuvchi (isitiladigan o‘tish yo‘li
bilan), ishlab chiqarish binosi to‘ri qismiga yoki yon
tomoniga yopishgan hamda
ishlab chiqarish binolari ichkarisiga joylashgan holda loyihalanadi (2.61–rasm).
Yordamchi binolar eni 12, 18 metr yoki undan katta bo‘lib, ustunlar qadami 6,0
metrdan bo‘ladi. Bunday binolar balandligi 6 qavatdan baland bo‘lmay, har bir qavat
balandligi 3,3; 3,6 va 4,2 metrga teng bo‘ladi (2.62–rasm).
Agar ma’muriy – maishiy binolar ishlab chiqarish
binosi ichida joylashgan
bo‘lsa, u holda bu bino qavati balandligi 3 metr qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: