O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti


–rasm. Sanoat binolari darvozalarining asosiy turlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/54
Sana21.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1792751
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019

2.59–rasm. Sanoat binolari darvozalarining asosiy turlari. 
a – tovaqali; b,v – surilib ochiladigan; g – ko‘tarilib ochiladigan; d – ko‘tarilib bukiladigan
 e – yig‘iladigan. 
Sanoat binolari darvozalari o‘rni 600 mm farqi bilan quyidagicha to‘ldiriladi: 
2,4x2,5; 3,0x3,0; 3,6x3,6; 3,6x4,2; va 4,8x5,4 metr. 
Ayrim sanoat binolarida darvoza o‘rni bir necha o‘n metrgacha bo‘lishi mumkin 
(samoyolt yig‘uv stexi, angarlar va hokazo). Darvozalarning ochilishi qo‘lda yoki 
mexanizmlar yordamida amlaga oshiriladi. 
Sanoat binolari eshiklarining materiali metalldan yoki oynadan bo‘lishi mumkin. 
Ularning o‘lchamlari eniga 1,0; 1,5 va 2,0 metr, balandligi esa 1,8; 2,0; 2,3 va 2,4 
metr qilib olinadi. Bunday eshiklar kengligi evakuatsiya shart sharoitlarini hisobga 
olib tanlanadi. 


89 
2.60–rasm. Sanoat binosi darvozasining konstruksiyasi. 
Ish maydonchalari stex ichidagi texnologik asbob – uskunalar bilan ishlashda 
ma’lum qulayliklar yaratish uchun maxsus maydonchalar quriladi.
Maydonchalar to‘sin, yopma plitalar va to‘siqlardan iborat bo‘ladi. Ularni 
maxsus ustunlarga yoki tayanchlarga montaj qilinadi, ularning materiali metalldan
yig‘ma va quyma temirbetondan bo‘lishi mumkin. 
 
2.29 Sanoat korxonalari ma’muriy – maishiy binolarini loyihalash 
Sanoat binolarini loyihalashda ishchi va xizmatchilarga sanitar–maishiy va 
ma’muriy–madaniy xizmat qilishda qulay sharoit yaratish muhim ahamiyatga egadir. 
Sanoat korxonalari ma’muriy–maishiy binolarini loyihalash QMQ “Ma’muriy va 
maishiy binolari” zaminida amalga oshiriladi. 


90 
Bunday binolarni sanoat binolaridan alohida turuvchi (isitiladigan o‘tish yo‘li 
bilan), ishlab chiqarish binosi to‘ri qismiga yoki yon tomoniga yopishgan hamda 
ishlab chiqarish binolari ichkarisiga joylashgan holda loyihalanadi (2.61–rasm). 
Yordamchi binolar eni 12, 18 metr yoki undan katta bo‘lib, ustunlar qadami 6,0 
metrdan bo‘ladi. Bunday binolar balandligi 6 qavatdan baland bo‘lmay, har bir qavat 
balandligi 3,3; 3,6 va 4,2 metrga teng bo‘ladi (2.62–rasm). 
Agar ma’muriy – maishiy binolar ishlab chiqarish binosi ichida joylashgan 
bo‘lsa, u holda bu bino qavati balandligi 3 metr qilib olinadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling