O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti


-rasm. Bir qavatli sanoat binolari unifikastiyalangan andozaviy seksiyasining gabarit


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/54
Sana21.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1792751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019

1.2-rasm. Bir qavatli sanoat binolari unifikastiyalangan andozaviy seksiyasining gabarit 
sxemasiga doir misollar: 
a–ustunlar kataklari 24x12m, 18x12m V–birxillashtirilgan seksiyalardan blok qilib tuzilgan sanoat 
binosi variantlaridan biri; 1–asosiy seksiyalar; 2–qo‘shilgan seksiya. 
 
 
1.5 Sanoat qurilishida yagona modul tizimi 
Bino va inshootlarni hajm rejalashtirish va konstruktiv yechimlarni 
unifikastiyalash va birxillash ularning elementlarini va o‘lchamlarini bir birlari bilan 
bog‘lashga olib keluvchi yagona modul tizimi (YaMT) zaminidagina olib boriladi. 
Sanoat qurilishida vertikal, gorizontal o‘lchamlarda yagona modul tizimi sifatida 
1 M = 600mm birlik qabul qilingan. 


14 
Hajmiy-tarhiy komponentlari: oraliqlar eni va ustunlar
qadami–10 M (ko‘p qavatli binolarda–5 M); xona balandligi 3,6 m dan 6,0
metrgacha bo‘lganda har bir balandlik farqli –1 M dan; 7,2 metrdan 10,8 metrgacha 
–2 M va 10,8 metrdan 18 metrgacha va undan baland bo‘lganda esa 3 M birlikda 
oshib boradi. Ko‘p qavatli binolarda qavat balandliklari karrali, ya’ni 2 M birlikda 
oshib borishi qabul qilingan.
Misol uchun bino balandligi 
3,6+M=3,6+0,6m=4,2 metr yoki 7,2m+2M=7,2+0,6mx2=8,4metrga teng. 
 
 
1.6 Ishlab chiqarish–texnologik sxemasining binolar 
hajmiy-tarhiy yechimlariga ta’siri 
 
Har qanday sanoat binolarining hajmiy-tarhiy yechimlari binoda joylashgan 
texnologik jarayon harakteriga bog‘liq bo‘ladi. 
Texnologik jarayon ishlab chiqarish–texnologik sxemasiga asosan aniqlanib, 
unda ma’lum bir ketma–ket tayyor mahsulotni tayyorlashda ko‘zda tutilgan dastgoh 
va ularning joylashish harakteri, stex ichki ko‘tarma transport jihozlari ko‘rinishi va 
yuk ko‘tarish qobiliyati, nomenklaturasi, xonalar o‘lchami (katta–kichikligi) va 
ketma–ket joylashganligi, ichki harorat, namlik darajasi va boshqalarga bog‘liq
bo‘ladi. 
Texnologik sxema xom materiallarning kelib tushish joylari, ishlab chiqarish 
chiqindilarini tashlash, muhandislik tarmoqlarini joylashtirish va o‘tkazish joylarini 
ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda texnologik sxema avtomat 
yo‘llarining joylashishi va buyumlarga ishlov berish va uni yig‘ishdagi turli xildagi 
operastiyalar bajarilishini ko‘zda tutadi. 
Korxona bosh rejasida bino va inshootlarning o‘zaro joylashishi, ular orasidagi 
masofalar va boshqalar butun korxona texnologik sxemasi uzviy bog‘langan bo‘ladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling