O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti


-rasm. Bir oraliqli, ko‘tarma transport jihozlari o‘rnatilgan sanoat binolarining qirqimda


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/54
Sana21.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1792751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019

1.1-rasm. Bir oraliqli, ko‘tarma transport jihozlari o‘rnatilgan sanoat binolarining qirqimda 
ko‘rinishi: a–osma kran bilan jihozlangan; v–ko‘prikli kran bilan jihozlangan; 
1–ko‘taruvchi to‘sin; 2–harakatlanuvchi mexanizm; 3–osma yo‘l; 4– elektrotal; 
5–kranchi kabinasi; 6–kranni yo‘l bo‘yicha harakatlantiruvchi mexanizmi
7–ko‘taruvchi kran; 8–yuk ko‘taruvchi mexanizm bilan jihozlangan aravacha; 
9–kranosti yo‘li; 10–elektr tok o‘tkazgichlar. 
Ustunlarni ajratish o‘qlari bilan kran yuruvchi relsi o‘qlari orasidagi masofa 
ko‘pincha 750 mm qilib olinadi. 
Kranlarning asosiy texnikaviy ko‘rsatkichlari, yuk ko‘tarish qobiliyati va 
o‘lchamlari Davlat Standartlari yordamida aniqlanadi. Bunda kranlarning 
samaradorligini tanlashda ular bir yo‘lda sarflanadigan harajatlar solishtirilmasdan, 
foydalaniladigan paytida bo‘ladigan chiqimlarni ham hisobga olinib tanlanadi. 
 
 
 


12 
1.4 Sanoat binolari va konstruksiyalarini birxillash va bir–biriga moslashtirish 
 
Binolar va inshootlarni birxillash va bir-biriga moslashtirish qurilish ishlab 
chiqarishni industriallashtirish uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Unifikastiyalash deganda bino hajmiy–tarhiy yechimlari va korxo– nalarda 
tayyorlanadigan konstruktiv qurilmalarni bir xil o‘lchamlarga, shakllarga keltirish, 
ya’ni binolarning tiplari sonini kamaytirish hamda yig‘ma konstruksiya va 
detallarning tur o‘lchamlarini juda cheklash tushuniladi, bunda ularni tayyorlash 
texnologiyasi ancha soddalashadi, montaj ishlari tezlashadi. 
Birxillash– unifikastiyalangan hajm– reja o‘lchamlar va konstrkutiv yechimlarni 
har xil ob’ektlarni qurishda qo‘llash andozaviy loyiha va konstruksiyalarni ko‘p 
marotaba qo‘llashga imkon beruvchi loyihalash va qurilishdagi texnik yo‘nalishdir. 
1960 yillar boshida unifikastiyalangan andozaviy seksiya (UAS) va oraliqlardan 
(UAO) tashkil topgan ko‘proq ixcham va ko‘p shaklli bino andozaviy loyihalarga 
o‘tishni lozim topilgan.
UAS bir xil konstruktiv yechimga ega bo‘lgan bir va bir necha parallel oraliqli 
mustaqil bino qismidir. 
UASlardan yig‘ilgan sanoat binosi o‘lchamlari ma’lum bir texnologik 
talablarga, soha, shart–sharoitlari, ishlab chiqarishni birlashtirishga ko‘ra aniqlanadi. 
Sanoatning har bir tarmoqlari uchun (UAS) nomenklaturasi o‘ta cheklangan bo‘lib, u 
konstruksiyalarning tipi va katta kichikligi sonini kamaytiradi. Misol uchun 
mashanosozlik sanoatida UAS– 144x72m va 72x72m, ustunlar katagi 24x12 va 
18x12, ko‘prik kransiz, stex balandligi esa 10,8 va 12,6m bunda kranlarning yuk 
ko‘taruvchanligi: osma kranlar uchun 1,3 va 5 t ko‘prik kranli hol uchun esa 10,20 va 
30 t bo‘ladi. 
(UAS) va (UAO) ga muvofiq ravishda andoza konstruksiya (AK) va detallar 
chizmasi (AD), andoza montaj detallari (ADM): andoza arxitektura–qurilish detali 
(AAD)lardan iborat. 


13 
Unifikastiyalashni eng oliy shakli bo‘lib konstruksiya va detallarni universalligi 
hisoblanadi, ya’ni ularni boshqa turdagi ob’ektlar va konstruktiv sxemalarda qo‘llash 
mumkinligi shunga misol bo‘ladi. 
Unifikastiyalash va birxillashning asosiy vazifalaridan bo‘lib: 
A) Sanoat binolari va inshootlari turlari sonini kamaytirish va ularni keng 
ko‘lamda birlashtirish uchun shart–sharoitlar yaratish: 
B) Yig‘ma konstruksiya va detallarni seriyaviyligi oshirish va ularning narxini 
tushirish hisoblanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling