O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/54
Sana21.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1792751
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019

 
 
1.12 Sanoat binolari arxitekturaviy kompozistiyalarining asosiy tamoyillari va 
omillari. Asosiy talablar 
 
Sanoat binolari va inshootlarini loyihalashda to‘rtta asosiy masala birgalikda hal 
qilinadi: 
1. Muvofiqligiga ko‘ra ko‘zda tutilgan texnologik jarayonga ko‘proq javob 
beruvchi bino va inshootlar hajmiy-tarhiy sxemasini yaratish. 
2. Muhandislik–konstruktiv yechimlari – hozirgi zamon qurilish materiallari va 
konstruksiyalarini ko‘plab bino va inshshotlarni talab darajasida mustahkamlik va 
ustuvorligini ta’minlash. 
3. Arxitektura–badiiylik darajasi– bino va inshshotlarning va butun korxona 
ansamblining arxitekturaviy ko‘rinishi birgalikda badiiylik talablariga javob berishi. 
4. Iqtisodiy masalada– bino va inshootlarni qurish va ishlatish chog‘ida 
chiqimlari minimal miqdorda bshlishi kerak. 
Muvofiqlik talablari – bu binoni o‘z vazifasiga mos, muvofiq kelishi va bino 
ichida texnologik dastgohlarni qulay joylashishi, binoni ekspluatatsiya talablariga 
javob berishi, xizmat muddati, hajmiy-tarhiy yechimlari va boshqalarni o‘z ichigi 
oladi. 
Binolarga qo‘yilgan texnik talablarda esa– bino konstruksiyalarining ustuvorligi, 
uzoq muddat ishlatilishi, yong‘inga qarshi chora va tadbirlar hamda binoni industrial 
usullar bilan qurish tushuniladi. 
Arxitektura–badiiylik talabiga ko‘ra, bino chiroyli, hashamatli ko‘rinishga ega 
bo‘lishi va shu bilan birgalikda kishilar talab ehtiyojlarini to‘la qondirishi tushiniladi. 


19 
Iqtisodiy talablarga esa bino loyihasini yaratish va uni qurish davridagi, binoni 
ishlatish davrida, shuningdek texnologik jarayonni tashkil qilishda sarflanadigan 
harajatlarning minimal bo‘lishi, bino hajmi va maydonidan optimal darajada 
foydalanish, binoni qurishda mahalliy qurilish materiallari va industrial 
konstruksiyalardan oqilona foydalanish orqali erishiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling