O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti


 Ishchilarning ish sharoitini va ularga ko‘rsatiladigan maishiy xizmatni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/54
Sana21.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1792751
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Bog'liq
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019

 
1.13 Ishchilarning ish sharoitini va ularga ko‘rsatiladigan maishiy xizmatni 
yaxshilash 
Ishlab chiqarish binolarida texnologik jarayonni me’yorda ta’minlash bilan 
birgalikda ishchi va xizmatchilar uchun sanitar–texnik ish sharoitini yaratish lozim 
bo‘ladi va shu bilan birgalikda ish joyi yaxshi tashkil qilingan bo‘lishi hamda, 
ishchilarga maishiy xizmat tizimlari, kasbiy malaka darajalarining o‘sishiga sharoit 
va dam olishlariga imkoniyat yaratilgan bo‘lishi kerak. 
Bunday sharoitni yaratish uchun bino ichida quyidagi tadbirlar amalga 
oshirilishi kerak: 
a) ishlab chiqarish xonalari texnologik jarayon davomida ajralib chiqadigan 
zararli havo chiqindilaridan shamollatgich va havo kondistionerlari yordamida 
tozalanib turishi; 
b) changli va zararli ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xonalarni bir biridan 
ajratish; 
v) ish joylarini yetarli darajada yoritish;
g) me’yoriy harorat–namlik sharoitini yaratish. 
Me’yorlar bo‘yicha ma’muriy–maishiy bino (MMB) ko‘zda tutiladi va korxona 
xovlisida tinch, sokin dam olish joylari, sport maydonchalari, suhbatlashish joylari 
va ko‘kalamlashtirish joylari bo‘lishi kerak. 
 
 
 


20 
1.14 Ishlab chiqarish binolarining intereri 
 
Ishlab chiqarish binolarining intereriga e’tibor berib barpo etish natijasida 
stexlarda mehnat sharoiti yaxshilanadi. Kishilar o‘zlarini tinch, erkin sezadilar
ularning mehnati nisbatan engil va sog‘lom ruhda kechadi, o‘z mehnatidan qoniqish
hissiyoti uyg‘onadi. 
Ishlab chiqarish unumdorligi 30–35% ga oshadi, ishchilar orasida 
shikastlanishlar soni 34–40% ga kamayib, tayyorlanadigan mahsulot sifati 
yaxshilanadi va brak mahsulotlarni ishlab chiqarish nisbatan kamayadi. 
Bino intererini loyihalashda quyidagi tamoyillarga amal qilinishi lozim:

Asosiy texnologik maydonchalarni katta bo‘lgan zallarga yig‘ish; 

Dastgohlarni maksimal zich joylashishiga erishish; 

Texnologik o‘tkazuvchi quvurlarni guruhlash va ishlatishda o‘ng‘aylikni 
nazoratda tutib guruhlash

Ishchilarning kechqurun hamda kunduzgi paytlarda ko‘rish sharoitini 
ta’minlashda tabiiy yorug‘lik bilan sun’iy yorug‘likdan unumli foydalanish; 

Kishilarning 
kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi manba hisoblanadigan 
yorug‘likdan unumli foydalanish; 

Sirti tekis, silliq konstruksiyalarni qo‘llash, chang, tutun namlik, kondensat 
turib qoluvchi, shamollatilmaydigan joylarning bo‘lmasligiga erishish; 

Akustika muammolarini hal qilish va ishlab chiqarish joylari musiqali 
eshittirishlar hamda ko‘rsatma taxtalar bilan ta’minlanishi va boshqalar; 

Mebel’ jihozlarini o‘rnatish, xona ichi ko‘kalamzorlarini tashkil qilish va 
boshqalar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling