23
Sinchlarni rama tizimida, ta’sir etuvchi gorizontal va vertikal kuchlar ta’siridan
bino fazoviy birligini sinch ramasi ta’minlaydi, gorizontal kuchlarni esa rama vertikal
bog‘lovchilar (diafragmalar) qabul qiladi.
Bog‘lanish tizimida esa vertikal kuchni karkas ustini
gorizontal kuchlarni esa,
vertikal bog‘lovchilar qabul qiladi.
Rama bog‘lanishli tizimda esa vertikal
kuchlarni sinch ramasi,
gorizontal
kuchlarni esa rama va vertikal bog‘lovchi (diafragmalar) qabul qiladi.
Ko‘p qavatli binolar loyihalarda ustunlar to‘ri 6x6, 6x9m keyingi paytlarda esa
6x12, 6x18, 6x24m qilib ishlab chiqilgan.
Ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari balandliklari unifikastiyalashgan bo‘lib,
balandliklari 3,6: 4,8: 6,0 m birinchi qavat balandligi esa 7,2 qilib olish mumkin.
Bunda modul 1,2 m qilib olinadi.
2.2–rasm. Bir qavatli sanoat binolarining konstruktiv sxemalari:
a–chetki va o‘rta qator ustunlari qadami 6m bo‘lganda; b–bunda chetki qator ustunlari qadami 6m
bo‘lib, o‘rta qator ustunlari qadami 12 m bo‘lgan binolarda stropil osti konstruksiyasi
qo‘llanilgan hol.