40
Ustunlarning rigellar bilan tutashadigan joylari tokchali (2.17–rasm) yoki
tokchasiz bo‘lishi mumkin. Ustunlar bir birlari bilan o‘zaro har bir qavat poli sathida
600–1000mm yuqorida tutashtiriladi (2.18–rasm).
Hozirgi kunda qurilishda yuqori sinfli betonlarni (V40 va undan yuqori) qo‘llash
hamda to‘rt burchakli kesimni qo‘shtavr profildagi kesimga
almashtirish natijasida
betonni 25–30% tejash va ustun narxini 7–15% tushirish mumkin ekan.
Bir qavatli sanoat binolarida po‘lat ustunlar kesimi ustun balandligi bo‘yicha
o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida o‘zgaruvchan keismli
bo‘lgan ustunlarni kran osti qismi yaxlit yoki teshikli kesimga ega bo‘lishi mumkin
(2.19–rasm). Teshik kesimga ega bo‘lgan ustunlar o‘z navbatida bog‘lanishlar bilan
bog‘langan (bog‘langan mahkamlangan) tarmoqli (shohli)
ustun alohida ishlovchi
fazoviy (shatrovoy) va kranosti tarmoqlari (shohlari) iborat bo‘lgan ajratilgan
ustunlarga bo‘linadi.
2.15–rasm. Ko‘p qavatli binolarda ishlatiladigan temirbeton konstruksiyalar
a, б – chekka qatorlarda (a) va o‘rta qatorlarda (б) ishlatiladigan bir qavatli ustun;
в,г – bular ham, ikki qavatli to‘ri; д, e – trapediya (д) va to‘g‘ri burchak (e) kesimli to‘sinlarning
ostki tomonidan ko‘rinishi; ж – qavatlararo orayopmasi plitasining ostki tomondan ko‘rinishi.
41
Balandligi bo‘yicha kesimi o‘zgarmas po‘lat ustunlarni balandligi 9,6m gacha
bo‘lgan hamda 20t gacha yuk ko‘taruvchi kranlar
bilan jihozlangan binolarda
qo‘llaniladi. Bunday ustunlar asosan markaziy siqilishga ishlab, asosan keng tokchali
prokat qo‘shtavrlardan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: