58
2.34–rasm. Profillangan po‘lat nastil:
a–nastil profillari; б–umumiy ko‘rinishi. 1–himoya qatlami; 2–gidroizolyatsiya;
3–penopolistiroldan ishlangan plita; 4–ruberoid; 5–to‘shama.
Tomlarni yuk ko‘taruvchi konstruksiya turlarini aniq
shart sharoitlardan kelib
chiqqan holda ya’ni oraliq o‘lchamlariga, ishlab chiqarish turiga, qurilish negizini bor
yo‘qligiga qarab belgilanadi.
2.16 Temirbeton to‘sinlar
Bir nishabli, ikki nishabli va tekis, yuk ko‘taruvchi tom konstruksiyalari sifatida
oraliq 6,9,12 va 18 metr bo‘lgan, oldindan zo‘riqtirilgan (yoki oddiy –
zo‘riqtirilmagan) to‘sinlar ishlatiladi (2.35–rasm).
Bir nishabli va tekis tom to‘sinlari yuqori poyasi tekis (to‘g‘ri chiziqli) bo‘lib,
ikki nishabli balkalarni yuqori poyasi esa nishabi 1:12 nisbatda bo‘lgan
siniq
chiziqdan iborat bo‘ladi. Oraliqlari 6,0 va 9,0 m bo‘lgan
binolarda tayanch qismi
59
balandligi 390 mm dan 790 mm gacha bo‘lgan, kesimi tavr ko‘rinishidagi, oraliqlari
12 va 18 m bo‘lganda esa tayanch qismi balandligi 790 mm dan 1490
mm gacha
bo‘lgan, kesimi qo‘sh tavr ko‘rinishiga ega bo‘lgan to‘sinlar ishlatiladi.
Bunday
to‘sinlar tayyorlashda V15 sinfli bo‘lgan betonlar qo‘llaniladi. To‘sinlarni ustunlarga
payvandlanib yoki boltlar yordamida qotiriladi (2.36–rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: