O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti


 Tomlarni po‘latdan to‘sin va fermalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/54
Sana21.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1792751
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Bog'liq
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019

 
2.19 Tomlarni po‘latdan to‘sin va fermalari 
Qo‘shtavrli kesimga ega hamda ulama (tuzilgan) po‘lat to‘sinlar tomlarni 
ko‘taruvchi konstruksiyalarni eng oddiylari hisoblanadi. 
Katta oraliq binolardan po‘lat fermalari ishlatiladi. Po‘lat fermalarni poyas 
chiziqlarga ko‘ra poligonal ko‘rinishdagi, parallel poyasli va uchburchak 
ko‘rinishdagi turlarga ajratiladi (2.40–rasm). 
2.40–rasm. Po‘latdan ishlangan storopil fermalari. 
a–fermalarni asosiy turlari; b–parallel poyasli fermalarni ustunlarga “nol” bog‘lanishda tayanish 
qismi; v–bunda ham, poligonal fermalarni “250” yoki “500 mm” bog‘lanishda tayanish qismi; g–
bunda ham uchburchaksimon fermalarni nol bog‘lanishda tayanish qismi; 1–tayanch usti ustuni; 
2–ustun; 3–to‘sin. 


64 
Ferma turlarini yopma materiallarga asosan tanlanadi. Po‘lat fermalari ham 
qanday oraliqli binolarda ishlatish mumkin. Unifikastiya qilingan 24–30 va 36 metrli 
oraliqga ega bo‘lgan fermalarni ustunlari qadami 6 metr va 12 metr bo‘lgan binolarda 
qo‘llaniladi. Poligonal fermalarni tayanch qismi balandligi 2200 mm parallel poyasli 
fermalarda esa bunday balandlik 2500 va 3750 mmga teng bo‘ladi. 
Ferma elementlari asosan qo‘shburchakliklardan iborat bo‘lib, ularni “fasonka” 
deb, ataluvchi listlarga payvandlanib, tugunlar hosil qilinadi. Fermalarni po‘lat 
ustunlari yoki tomoniga qotiriladi, temirbeton ustunlarga esa fermalar to‘sinlar 
singari sharnirlar yordamida biriktiriladi. Hosil bo‘lgan rama elementlarini fazoviy 
birligini va ustivorligini ta’minlash uchun ular orasiga ferma ostki va ustki poyasi 
orqali vertikal va gorizontal bog‘lanishlar o‘rnatiladi. 
 
2.20 Tomlarning yog‘och to‘sinlari 
Yog‘och to‘sinlarni yog‘och materiallari ko‘p va mahalliy hisoblangan joylarda 
ishlatiladi. Yog‘och to‘sinlarni – taxtalarni yog‘och elimlari yordamida o‘zaro 
elimlab, va shuningdek fanerlardan elimlanib hosil qilingan faner devorli qo‘shtavr 
to‘sinlar nisbatan industrial va tashilishiga qulayligi bilan ajralib turiladi. 
Horijiy davlatlarda o‘tkazilgan tajriba va kuzatishlardan ko‘rinib turibdiki, bino 
va inshootlarda kesimi har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan ko‘taruvchi to‘sinlarni va 
shuningdek poligonal ko‘rinishdagi trapestiyasimon, segmentli va parallel poyasli 
fermalarni, hamda oralig‘i 100 m gacha bo‘lgan arka va rama kabi elimlanib hosil 
qilingan yog‘och konstruksiyalarni qo‘llash yuqori samaradorlikka olib keladi. 
Hozirgi zamon sanoat binolarni qurishda ikki xil material – yog‘ochdan ishlangan 
fermalar ham qo‘llanilmoqda. Bunday fermalarda siqilishga ishlovchi elementlarni 
yog‘ochdan, cho‘zilishga ishlovchi elementlarni metalldan tayyorlangan va ularni 
birgalikda ishlashi ta’minlangan bo‘ladi. 


65 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling