64
Ferma turlarini yopma materiallarga asosan tanlanadi. Po‘lat
fermalari ham
qanday oraliqli binolarda ishlatish mumkin. Unifikastiya qilingan 24–30 va 36 metrli
oraliqga ega bo‘lgan fermalarni ustunlari qadami 6 metr va 12 metr bo‘lgan binolarda
qo‘llaniladi. Poligonal fermalarni tayanch qismi balandligi 2200 mm parallel poyasli
fermalarda esa bunday balandlik 2500 va 3750 mmga teng bo‘ladi.
Ferma elementlari asosan qo‘shburchakliklardan iborat bo‘lib, ularni “fasonka”
deb, ataluvchi listlarga payvandlanib, tugunlar hosil qilinadi. Fermalarni po‘lat
ustunlari
yoki tomoniga qotiriladi, temirbeton ustunlarga esa fermalar to‘sinlar
singari sharnirlar yordamida biriktiriladi. Hosil bo‘lgan rama elementlarini fazoviy
birligini va ustivorligini ta’minlash uchun ular orasiga
ferma ostki va ustki poyasi
orqali vertikal va gorizontal bog‘lanishlar o‘rnatiladi.
2.20 Tomlarning yog‘och to‘sinlari
Yog‘och to‘sinlarni yog‘och materiallari ko‘p va mahalliy hisoblangan joylarda
ishlatiladi. Yog‘och to‘sinlarni – taxtalarni yog‘och elimlari yordamida o‘zaro
elimlab, va shuningdek fanerlardan elimlanib hosil qilingan faner devorli qo‘shtavr
to‘sinlar nisbatan industrial va tashilishiga qulayligi bilan ajralib turiladi.
Horijiy davlatlarda o‘tkazilgan tajriba va kuzatishlardan ko‘rinib turibdiki, bino
va inshootlarda kesimi har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan ko‘taruvchi to‘sinlarni va
shuningdek poligonal ko‘rinishdagi trapestiyasimon, segmentli
va parallel poyasli
fermalarni, hamda oralig‘i 100 m gacha bo‘lgan arka va rama kabi elimlanib hosil
qilingan yog‘och konstruksiyalarni qo‘llash yuqori samaradorlikka olib keladi.
Hozirgi zamon sanoat binolarni qurishda ikki xil material – yog‘ochdan
ishlangan
fermalar ham qo‘llanilmoqda. Bunday fermalarda siqilishga ishlovchi elementlarni
yog‘ochdan, cho‘zilishga ishlovchi elementlarni metalldan
tayyorlangan va ularni
birgalikda ishlashi ta’minlangan bo‘ladi.