O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/54
Sana21.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1792751
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Bog'liq
SANOAT BINOLARI ARXITEKTURASI Miralimov 2019

2.21 Tom usti yopmasi elementlari 
 
Isitiladigan sanoat binosida tom ustki tarkibiga: 
– yopma – o‘rama materiallar (ruberoid, karton, qog‘oz, shisha zaminli 
o‘rama materiallar), asbosement materiallardan qilingan to‘lqinsimon yoki tekis 
listlar, metalldan ishlangan yupqa tunukalar; 
tekislovchi qatlam, ya’ni o‘zidan pastda joylashgan qatlam ustini 
tekislovchi asfalt yoki sement – qum qorishmasi suvalgan qatlam; 

issiq va sovuqdan himoyalovchi qatlam sochma yoki plita ko‘rinishida 
bo‘lib, ko‘pik beton, keramzibeton, mineral g‘ovak va hakozolardan iborat bo‘ladi; 
– bug‘dan himoyalovchi qatlam – karton qog‘oz (pergamin), ruberoid yoki 
bitum mastikasidan qilinadi; 

o‘zidan yuqorida joylashgan tom yopmasi elementlarini ko‘taruvchi 
temirbeton nastillar (2.34–rasm) kabi elementlar kiradi. 
Tom yopmalari og‘ir ekspluatatsiya sharoitlari, ya’ni ishlatish davomida har xil 
atmosfera ta’siri ostida bo‘lganligi uchun ham uning mustahkamligi, uzoq vaqt 
ishlatishi ko‘pincha chegaralanib qoladi. Shuning uchun ham tom yopmasi 
materiallarini va konstruksiyasini tanlashda qurilish me’yorlari va qoidalariga (QMQ) 
qat’iy amal qilinishi talab etiladi. 
Tom yopmasi materiali engil, uzoq vaqt ekspluatatsiya qilinishiga 
mo‘ljallangan, o‘rnatilishi va ta’mirlanishi oson, deformatsiyalanish talablariga javob 
beruvchi, o‘tga chidamli bo‘lishi va o‘rnatilganda tom nishabini kamaytirishga olib 
keluvchi bo‘lishi kerak. 
Keyingi paytda qurilishda yuqori texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan 
profillangan po‘lat nastillar (qalinligi 1 mm bo‘lgan ruhlangan tunukalar oralariga 50 
mm qalinlikda penoplast yoki penopolistriol qo‘yilib ishlangan) keng ko‘lamda 
qo‘llanilmoqda. Bunday nastillarning balandligi 80 mm, eni 600 mm uzunligi esa 12 
m gacha bo‘ladi. Bunday nastillarni qo‘llash natijasida temirbeton nastillarni 
qo‘llashdagiga nisbatan mehnat talablik 25–40% ga kamayadi (2.31–rasm). 


66 
Yopmalarni yirik elementlardan (plastmassa zaminida hosil qilingan panellardir) 
tayyorlash samarali hisoblanadi. Bular asbosementli va alyuminiy–plastmassali 
panellardir. Misol uchun shamollatiladigan tomlarni (qurishda) o‘rnatishda 
ishlatiladigan asbopenoplastli Panellarni o‘lchamlari 165x6,0 m: balandligi 300 mm 
bo‘ladi. Ularni zavodlarda 4 ta bo‘ylama asbosement shvellerlari, uchta ko‘ndalang 
asbosement diafragmalarni va ikkita qalinligi 10 mm silliq listlarni hamda qalinligi 
50–100 mm bo‘lgan izolyaziya materiallarini birgalikda yig‘ib hosil qilinadi (2.32–
rasm). 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling