O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi тoshkenт davlaт iqтisodiyoт universiтeтi


Download 224.77 Kb.
bet19/24
Sana13.12.2021
Hajmi224.77 Kb.
#180724
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Ахмедов Н Курс иши Масофавий хизмат

Web-Banking - Internet-Bankingning yengillashtirilgan ko’rinishi bo’lib, elektron raqamli imzo (ERI) mexanizmiga ega emas, bank kartalari hamda hisob-raqamlariga kirish imkonini Internet orqali hamda istalgan Web-brauzer orqali berishga mo’ljallangan.

Ushbu bank xizmati turi asosan rivojlangan mamlakatlardan AQSh, Yaponiyava G’arbiy Yevropa mamlakatlarida faol qo’llaniladi. Bugungi kunda ushbu xizmat turini standart Internet Explorer brauzeri yordamida ko’pchilik foydalanmoqda19.

Rossiyaning ZAOAKB «Gaz bank», AKB «Solidarnost» banki, AKB «Moskva» banki tomonidan keng qo’llanilayotgan ushbu xizmat turidan bugungi kunda faol foydalanmoqda.

Shu o’rinda, Masofaviy bank xizmati hisoblanuvchi “Mobile banking” turlariga tavsif berish mumkin



WAP-Banking –bank kartalari hamda hisob-raqamlariga kirishni mobil aloqa vositasidagi WAP orqali amalga oshirish imkonini beruvchi xizmat. Bunda mijoz bank to’g’risida ma’lumot olish, valyuta kurslari, hisob-raqamdagi va kartalardagi joriy qoldiq balansni bilish imkonini beradi. Undan tashqari mijoz tegishli muddat uchun o’zining hisobi haqida ko’chirma so’rash, kartalarni to’ldirish va blok qilish, WAP-to’lovlarni amalga oshirishi mumkin. WAP-banking, WAP protokoli bo’yicha internet orqali bank xizmatlarini ko’rsatishni o’zida taqazo qiladi.

Ushbu xizmat turining eng qulay jihati, internetga kirish imkoni bo’lgan har qanday mobil aloqa vositasining WAP xizmati orqali kiriladi va hech qanday maxsus xizmat turi yoki dasturni talab etmaydi.



SMS-Banking –SMS yordamida bank kartalari hamda hisob-raqamlariga kirish xizmati. Ushbu xizmat turida joriy qoldiqlar, hisob hamda kartalardagi mablag’lar harakati, hisob-raqamidan ko’chirma ma’lumotlarini SMS-xabar tarzida olish mumkin. SMS-xabarlari jo’natmalarini mijoz o’zi mustaqil ravishda Internet-Banking va PC-Banking orqali sozlashi mumkin. Bank yangilik kanallariga obuna bo’lish, SMS-so’rovlarni amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.

«SMS-Banking» xizmati moduli asosan korporativ hamda xususiy mijozlarni SMS-xabar orqali habardor etishga qaratilgan. Bu xizmat turining dastlabki ko’rinishlari AQShda qo’llanilgan bo’lsa, mamlakatimizda Samarqand bank tijorat banki tomonidan taklif etilgan.

SMS banking - bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi hamda plastik kartalarga ochilgan hisobqaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko’rinishdagi ma’lumotlarni olish tizimidir. Hisobvarag’idan ma’lumot olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga belgilangan SMS-so’rovni yuborish kerak.

Mijoz uchun SMS-banking xizmati quyidagi amallarni bajarish imkoniyatlarini beriladi:

- hisobvarag’iga kelib tushgan mablag’lar;

- hisobvarag’idan qilingan xarajatlar;

- hisobvaraq balansi;

- kun davomida o’tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma’lumot olish.

Belorusiyaning OAO «ASB Belarus bank», Ukrainaning «Privat Bank», AQShda «Bank of America» va Rossiyada Sber bank singari eng yirik banklar o’z faoliyatlarida ushbu xizmat turini keng taklif etishadi.

Mijozlarga masofadan turib xizmatlar ko’rsatishga telefon va boshqa maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladigan Tele bank tizimini ham kiritish mumkin. Bunda telefon va maxsus dasturlar yordamida bankda o’rnatilgan komp’yuter mijozning savollariga avtomatik tarzda javob beradi. Telebank mijozga turli ma’lumotlarni og’zaki va yozma shaklda olish, shuningdek, mijozning o’z hisob varag’i bo’yicha bir qancha aktiv operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi.




Download 224.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling