O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi тoshkenт davlaт iqтisodiyoт universiтeтi


-rasm. Mijozga masofaviy bank xizmatlarini turli guruhlarda tasniflanishi17


Download 224.77 Kb.
bet17/24
Sana13.12.2021
Hajmi224.77 Kb.
#180724
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Ахмедов Н Курс иши Масофавий хизмат

10-rasm. Mijozga masofaviy bank xizmatlarini turli guruhlarda tasniflanishi17
Banklar dasturiy ta’minot, kompyuter va telekommunikatsiya vositalarini xarid qilib, muntazam bo’lgan vazifalarni sifatini oshirish va xarajatlarini kamaytirishga xarakat qiladilar. Yuqorida mijozga masofaviy bank xizmatlarini turli guruhlarda tasniflanishi berilgan. (10-rasm)

Telefon banking – bank hisob-raqamlariga hamda kartalariga telefon orqali kirish dasturi. Bu xizmat orqali joriy qoldiqlar haqida ma’lumot, faksga ma’lum muddat uchun ko’chirma (vipiska), kartalarni hisobini to’ldirish yoki blokda qoldirish, telefon to’lovlari va hokazolarni bilish imkoniga ega bo’linadi.

Telefon bankingdan foydalanilayotganda mijoz berilgan raqamga telefon qiladi hamda bog’langandan keyin telefonni tovushli rejimga o’tkazadi. Ovozli menyuning instruktsiyasiga amal qilgan holda, hamda tegishli punktni tanlagach, mijoz kerakli ma’lumotni ovozli habar yoki faks bo’yicha hujjat ko’rinishida olish imkoniga ega bo’ladi.



PC-Banking – offlayn tizimida bank kartalari hamda hisob-raqamlarini boshqarish xizmati. Barcha turdagi moliyaviy hujjatlar bilan ishlash imkonini beradi. Oldingi ma’lum bo’lgan Bank-Mijoz xizmatining evolyutsion rivojlanishi natijasi hisoblanadi. Elektron raqamli imzo shifrlash mexanizmiga ega, bank serveri bilan bog’langan holatda mijozlik komponentlarini avtomatik yangilashni ta’minlaydi, jamoa bo’lib ishlash imkonini yaratadi hamda buxgalteriya dasturlari bilan o’zaro aloqada ishlash imkoniyatiga ega. “PC-Banking“da 2 ta tizim “yirik” hamda “nozik” mijozlarga mo’ljallangan tizimlarga bo’linadi.

Yaqin yaqindan beri banklar chakana xizmatlarining shakli “nozik mijozlar” uchun mo’ljallangan bo’lishi tarafdori bo’lishmoqda, chunki Internet-bankingda mijozlar har qanday internet tarmog’iga ulangan kompyuter yordamida maxsus dasturiy ta’minot o’rnatmasdan turib ham ishlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. “Yirik mijoz” esa ko’proq yuridik shaxslar bilan ishlash uchun qulay hisoblanadi.

Birinchisi – bu “Bank-mijoz” tizimi bo’lib, unda shaxsiy kompyuterga kredit tashkiloti mutaxassislari tomonidan o’rnatiladigan yetarli hajmdagi maxsuslashtirilgan ahborot dasturiy ta’minot (bank kompyuterlashgan tarmog’iga kirish, operatsiyalar ma’lumotlar bazasidan foydalanish, ma’lumotnoma, shifrlash vositalari va h.k.lardan foydalanish mumkin bo’lgan dastur) o’rnatiladi.

Ikkinchisi – bu internet banking tizimi bo’lib, ma’lum bir turdagi brauzerdan foydalangan holda ma’lumotni maxsus identifikatsiyalovchi tashuvchilar (“kodlashgan disketlar”, “smart kartalar” va h.k.) yordamida ishlash imkonini beradi.



Mobil banking – bank kartalari yoki hisob-raqamlarini cho’ntak ixcham kompyuterlari, kommunikatorlar va smartfonlar orqali boshqarish hisoblanadi. Onlayn tizimida ishlaydi. Barcha turdagi moliyaviy hujjatlar bilan ishlash imkonini beradi. Shifrlash mexanizmi hamda elektron raqamli imzo (ERI)ni o’z ichiga olgan holda jamoa bo’lib ishlash imkoniyatini ham yaratadi. Mobil-Banking «Kaftingizdagi bank» kontseptsiyasini amalga oshirgan holda tunu kun ishlaydi, tezkor va mijozlarning elektron banking xizmatlari spektridan to’liq funktsiyada foydalanishni ta’minlaydi.

O’zbekiston tijorat banklari mijozlarga taklif eta boshlagan xizmat turi shundan iboratki, mijoz maxsus ishlab chiqilgan dasturni mobil qurilmaga o’rnatib quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi18:




Download 224.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling